TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #366 3.14K
Agar siz junior dasturchi yoki talaba bo'lsangiz va AI karyerangizga qanday ta'sir qilishidan xavotirda bo'lsangiz, mana sizga 1-2 ta maslahat:

1. Informatika asoslarini yaxshilab o’rganing

Ma’lumot tuzilmalari va algoritmlar, “best practices”, tizim dizayni. Clean Code, Design Patterns kabi kitoblarni o'qing. Ma’lumotlar bazasi, operatsion tizimlar, “networking stack” ichki tuzilishini o'rganing — AI'ni o'qituvchi sifatida ishlating.

2. O'zingiz ko’proq kod yozavering, AI'ni asosan o'rganish uchun ishlating

Biror narsani birinchi marta qilayotgan bo'lsangiz, AI yozib bersin demasdаn o'zingiz yozing. AI'ni faqat “code review”, fikr almashish va muhokama sherigi sifatida ko’ring. Biror narsani birinchi marta o'zingiz qilib ko'rish, nima ishlaydi, nima ishlamaydi deb tushunishga urining — bu o'rganish uchun katta imkoniyat. AI kod yozib bersa, bu imkoniyat bo’lmaydi.

3. Kodni tez o'qish va “review” qilishni o'rganing

Ishoning yoki ishonmang, kodni o'qib tushunish ham alohida mahorat. Open source kutubxonalar va mashhur ilovalarning kodini o'qing, ularning strukturasini o'rganing, qaysi kutubxona nima uchun ishlatilgan, API'lar nega bunday dizayn qilingan deb savol bering. Kelajakda ko'p kodni AI yozadi, shu sababli kodni o'qish va review qilish eng muhim ishga aylanadi.

4. AI'dan o'z ishingizni review qilishda foydalaning

Intervyu, uyga vazifalar yoki kompaniya "take-home assignment"larida AI'dan foydalanishga ruxsat bo'lmasligi mumkin, lekin topshirgandan keyin ishlatishingizga hech narsa to'sqinlik qilmaydi. Aslida, hech qaysi inson barcha ishlaringizni sabr bilan ko'rib chiqmaydi, lekin AI ko'rib chiqadi. Boshlang'ichlar uchun AI coding mentor sifatida juda ko'p narsa beradi. GitHub Copilot yoki Claude Code'ga kod yozdirish o'rniga, u sizning codebaseni review qilishini so'rang.

5. Tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish o’rnini AI’ga berib qo'ymang

Yaxshi va yomon arxitekturani farqlash, qaysi kutubxona to'g'ri ekanini baholash — bularni o'zingiz qila olishingiz kerak. AI'ni tadqiqot va tahlil qilish, har xil usullarning ijobiy va salbiy tomonlarini keltirib berish uchun ishlating. Lekin baribir istalgan ishda yakuniy qarorni siz qabul qilishingiz kerak. Vaziyatni to’g’ri baholash ham bir mahorat.


Manba: Yangshun Tay
  • 👍 24
  • 🔥 6
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →