TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #359 2.09K
Brogrammist Browsers are the new OS.pdf
AFTERTHOUGHTS

Ba’zida client-side qilsa bo‘ladigan narsalarni, serverda qilish to‘g‘riroq bo‘ladi. Eng avvalo bu qaror sizning dasturingiz qiladigan ishga bog‘liq. Shuni yanada aniqroq aytsam, dasturingiz hal qilishi kerak bo‘lgan muammoga bog‘liq.

Misol:

PDF fayldan rasmlarni ajratib oluvchi dastur yasamoqchisiz. Buning uchun brauzerda ishlaydigan tayyor JS kutubxona ishlatasiz. Kichik fayllar uchun dastur yaxshi ishlashi mumkin. Lekin 500 betlik 20MB fayl yuklansa, foydalanuvchi kompyuteri “qizishni” boshlaydi. Chunki katta faylni analiz qilyapsiz. Agar foydalanuvchi telefonda bo‘lsa, telefon rostakamiga qiziydi va quvvati keskin kamayishni boshlaydi. Web Worker ishlatib UX ni yaxshilashingiz mumkin, lekin bu bilan dastur tezlashib qolmaydi. Baribir shuncha resurs ishlatiladi, balki ko‘proqdir.

Bu holatda yechim dasturning texnik implementatsiyasiga bog‘liq emas. Agar shu dasturni C/C++ yozsangiz ham, “time-complexity” baribir o‘zgarmaydi. Javob esa, yana qaytaraman, dasturingiz hal qilishi kerak bo‘lgan muammoga bog‘liq!

PDF analiz dasturimiz misolini olsak, deylik, asosiy xususiyat, bir payt o‘zida 10 tagacha fayl analiz qilish mumkin. Agar bu xususiyatdan maqsad, foydalanuvchi ishini tezlashtirish bo‘lsa, kuchsiz kompyuterlar, telefonlarda bu aksiga aylanishi mumkin. “Undan ko‘ra qo‘lda qilganim yaxshi edi” deydigan darajada!

Demak, maqsad odamlarning vaqtini tejash va ishini tez hal qilib berish bo‘lsa, balki ularga tezroq ishlaydigan kompyuter ham taklif qilish kerakdir? Ya’ni ishni ularning qurilmasiga emas, o‘zimizning tez ishlaydigan serverga yuklash kerakdir?

Bu savolga javob esa, loyiha va foydalanuvchilar hajmidan, va albatta cho‘ntak hajmidan kelib chiqib beriladi. 😬
  • 🔥 5
  • 👍 2
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →