TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #273 1.94K

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

Bu narsa ochiq oydin lekin ko‘pchilik noto‘g‘ri qiladi.

Dasturchi sifatida kuniga juda ko‘p qarorlar qabul qilamiz. Qanday qilib shu kodni yozish kerak, qanday qilib bu dokumentga o‘ztartirish kiritish kerak, qanday qilib bu loyihaning arxitekturasini yaratish kerak va hokazo.

Natijada bu qarorlar hamkasblarimiz bilan muhokamalarga olib keladi. Bu tabiiy holat. Siz o‘z fikringizni bildirasiz, ular esa o‘z fikrlarini bildiradi. Mana shu vaziyatda o‘zingizni fikringizni to‘g‘ri tarzda bildirish juda nozik masala.

O‘zingizni noto‘g‘ri ifodalasangiz yoki hamkasblaringiz sizning fikringizga qo‘shilmagani uchun jahlingiz chiqib ketsa, bu yaxshi bo‘lmagan natijalarga olib kelishi mumkin. 

Shuning uchun ham muhokama qilishning eng zo‘r usuli bu shaxsiy fikrdan ko‘ra ko‘proq “data” ga ya’ni aniq ma’lumotlarga asoslangan holda yuritish. Bildirayotgan fikringizni data orqali isbotlab bera olsangiz shundagina rostdan ham sizning argumentlaringiz kuchli bo‘ladi. Hech kim sizdan xafa bo‘lish huquqiga ham ega bo‘lmaydi. Chunki sizning fikrlaringizni isbotlab beradigan dalillar mavjud.

Data is king.

@jakhonrakhmonov
  • 👍 18
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →