TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #257 2.11K
Ko'pchilik ishlatadigan va ko'pchilik ustida ishlaydigan katta loyihalarning yoqimsiz tarafi, siz erkin ishlolmaysiz.

Kod sifati va barqarorligini ta'minlash uchun qo'yilgan qoidalar bora-bora ovoragarchilikka aylanadi. Chunki vaqt o'tishi bilan hamma narsa o'zgaradi. Lekin bu o'zgarishlarning barchasiga moslashib ulgurishning iloji yo'q.

Shunday qilib bitta "techical debt" 2-siga olib keladi, keyin 3-siga... va qarabsizki sizda bir uyum "legacy" kod paydo bo'ladi.

Noliyotganim yo'q! Bu shunchaki haqiqat.

Shuni unutmang, 2 xil kod bor:
1. O'ta tushunarli va sinchkovlik bilan yozilgan ideal kod.
2. Pul keltiradigan kod.

Rasm tarjimasi:

Kelajakda shu kod ustida ishlovchilardan bunday rasvogarchilik uchun oldindan uzr so'rayman. Bizning joriy CSS validator skriptimiz turli selektorlar ichida bir xil nomli o'zgaruvchilarni qayta e'lon qilishimga imkon bermadi (aks holda kod ancha sodda va o'qishli bo'lar edi).
  • 👍 6
  • 👏 3
  • 😁 1
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →