TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #244 1.56K
console.dir() chuqurligi

Bugun console.dir() da "depth" parametri borligini o'rgandim. Odatda Node.js da obyektlarni terminalga chiqarishda console.log() yoki console.dir() dan foydalanaman. Ikkovini farqini shu paytgacha sezmaganman. Faqat brauzer konsolida farqini bilar edim. (Siz bilasizmi?)

Xullas, odatda obyektlarni terminalga chiqarganda, obyektlar qisqartirib ko'rsatiladi, ya'ni "chuqurroq" joylashgan ma'lumotlar "[Object]" deb qisqartirib ketiladi.

Obyektlarni to'liq ko'rish uchun esa bunday qilish mumkin ekan:


console.dir(obj, { depth: 100 });

"depth" - istalgan son, xatto Infinity bo'lishi mumkin.

Har xil JS bajarilish muhitlarida (runtime environment) sinab ko'rdim. Qizig'i, "Bun"da obyektlar doimo to'liq ko'rsatilar ekan.
  • 🔥 9
  • 👍 7
  • 🤔 1
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →