TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #213 3.45K
Google intervyuda berilgan savolni ochiqlamaslik haqida hech qanday gap bo'lmadi. Shuning uchun bo'lishaman:

Valid parentheses (To'g'ri qavslar)

Bu masalani ko'pchiligimiz ishlaganmiz. LeetCodedagi "easy" masalalardan.

Masalan shunday string'lar berilganda funksiyamiz true/false qaytarishi kerak. String lar faqat "(" va ")" qavslaridan iborat.


"" // true
"()" // true
"(())" // true
"()()(())" // true

"())" // false
")()" // false


Intervyuda tushgan masala 2 qismdan iborat edi:

1. Check validity of input string.

2. Return valid string of parentheses.
You can delete, insert, flip a character. Return option with minimum number of edits!

1-qism oddiy, stack bilan ishlanadi. Tushuntirib o'tirmayman. Shunchaki o'zingiz ishlab ko'ring 😉

2-qism... uxxx... . Yaxshigina boshimni qotirib qo'ydi.
Demak, qavslarimiz to'g'ri bo'lsa stringni o'zini qaytaramiz. Agar noto'g'ri bo'lsa, to'g'rilab qaytaramiz.
Ya'ni har qanday holatda funksiyamizdan to'g'ri qavslardan iborat string qaytishi shart!

Eslataman, stringni to'g'rilash uchun 3 ta amal bajarish mumkin:
1. delete - o'chirish
2. flip - teskari o'girish
3. insert - qavs kiritish (ochuvchi yoki yopuvchi)

Xullas, misol keltiraman:

input = "()"
output = "()" // to'g'ri bo'lgani uchun o'zini qaytaramiz

input = "())" // 3 xil to'g'ri javob bor, istalganini qaytarish mumkin
output1 = "()" // oxirgi qavsni ochiramiz
output2 = "(())" // boshiga ochuvchi qavs qo'yamiz
output3 = "()()" // oxirgi qavsni teskari o'girib, oxiriga yopuvchi qavs qo'yamiz


Men flip - teskari o'girish amalini unutib qo'ydim va hayollarim boshqa taraflarga ketib vaqt yo'qotdim. 😖

Yechimni bera oldim. Kodini yozdim. Lekin uni "dry-run" qilib tekshirishga ulgurmadim.

Hozircha siz o'zingiz harakat qilib ko'ringchi. Keyinroq yechimini yozaman.
  • 👍 17
  • 😁 6
  • 👏 2
  • 🔥 1
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →