TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #194 1.66K
Aytgancha,

JavaScript ni zo'r o'rganmoqchi bo'lsangiz C++ ni o'rganing.

Nega?

1. JavaScript ostida C++ da yozilgan kodlar yotadi.

Hech o’ylab ko’rganmisiz, “setTimeout” o’zi qanday ishlaydi? Uning kodi qanday yozilgan?
Yoki “addEventListener” aslida signalni qayerda oladi?
Yoki oddiy “<button>” HTML tegi qanday qilib ekranga tugmacha chiqaradi?
“Event loop” o’z nomi bilan oddiy “while loop” asosida ishlashini bilarmidingiz?

O’ylab ko’rmagan bo’lsangiz, endi o’ylab ko’ring!

2. Xotirani boshqarish (Memory management)

JavaScript da bu narsani siz qilmaysiz. Sahna ortidagi JS engine bu ishlarni siz uchun qiladi. Uning qanday ishlashini tushunsangiz, quyidagi JS ko’nikmalaringiz rivojlanadi:
a. kod optimizatsiyasi
b. katta ma’lumotlar bilan ishlash
c. “memory-leak“larni payqay olish (ha JS da ham bo’ladi)

3. Multithreading

Bu ham JS da yo’q - desam xato gapirgan bo’laman. Shunchaki JS da boshqacha konstruksiya bor xolos (WebWorker lar). Undan tashqari “event-listener”lar va shu kabi brauzerning asinxron API lari boshqa thread da ishlaydi. Ularni yaxshi tushunish uchun “multithreading” qanday ishlashini bilish foydali.

4. Har bir texnologiya aslida sodda texnologiyalar jamlanmasi ekanini tushunish

Ularning murakkabligi o’sha jamlanmaning kattaligida, ko’pligida. Lupa ostiga olib qarasangiz ularning qanchalik sodda ekanligini ko’rasiz.

P.S. C++ dan tashqari Go, Rust kabi tillarni ham misol qilsam bo’lardi. Lekin ularda memory management bo’yicha qo’shimcha konstruksiyalar kiritilgan. Shu sabab "memory-management"ni yaxshi tushunish uchun C/C++ ga teng kelolmaydi (IMHO).

Undan tashqari eng kuchli JS engine bo’lmish V8 C++ da yozilgan. Chrome ustiga qurilgan har bir brauzerda V8 ishlaydi. NodeJS va Deno ham. Bun ham ancha-muncha C++ kodga ega.
  • 👍 26
  • 🔥 6
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →