TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #188 1.25K
React state'ni DOM boshqarganda

O'zi TransitionEvent haqida yozganimning sababi, uni noto‘g‘ri usulda ishlatib qo'yganimni aytish edi. Hozir shu haqida aytib beraman.

Bu API haqida o'qiganimdan keyin, transitionstart va transitionend bilan komponent state'ni boshqarmoqchi bo'ldim.

Kursor komponent ustida borganda, ya'ni "mouseover" bo'lganida, u animatsiya bilan ochilishi kerak. Komponent ichidagi tugma bosilganda esa komponent yopilishi kerak edi.


// pseudo kod
<Component
ref={compRef}
onMouseOver={() => {
if (disabled) return;

startTimer({ disabled: true });
setOpen(true);
}}
onButtonClick={() => {
if (disabled) return;

startTimer({ disabled: true });
setOpen(false);
}}
style={{ transition: "1s" }}
/>


Ochilish va yopilish animatsiyasi vaqtida event listener'lar ishlamasligi kerak, ya'ni "disabled" bo'lishi kerak. Chunki unday qilmasangiz "mouseover" ishga tushib komponent yana ochilib, animatsiya ishga tushib ketishi mumkin. "disabled" bu yerda React state.

Buning uchun men setTimeout'da foydalanyotgandim. Transition boshlanganda disabled===true bo'lib, taymerni ishlatib, tugaganda disabled===false bo'lishi kerak edi.


// pseudo kod
function startTimer({ disabled }) {
setDisabled(true);
setTimeout(() => setDisabled(false), 1000);
}


Shu yerda taymerni butunlay o'chirib tashlab, o'rniga transitionstart va transitionend dan foydalanib ko'rdim. Chunki taymer bilan ishlash murakkab va ko'pincha "bug"larga sabab bo'ladi.


// pseudo kod
<Component
onMouseOver={() => {
if (!disabled) setOpen(true);
}}
onButtonClick={() => {
if (!disabled) setOpen(false);
}}
onTransitionStart={() => setDisabled(true)}
onTransitionEnd={() => setDisabled(false)}
style={{ transition: "1s" }}
/>


Refaktor qilganimdan so'ng, kod ancha soddalashdi va endi "transitionstart"da disabled===true, "transitionend"da esa disabled===false bo'lishi kerak edi. Lekin endi komponent "lipirlay" boshladi. 🤔

Nega? Axir "transitionstart"da event listener'lar "disabled===true" bo'lishi kerak edi-ku?

Biroz mulohazadan keyin tushundimki, "React falsafasi"ga qarshi ish qilib qo'yibman. 😕

Komponent tugmasi bosilganda "transition" ishga tushadi. Bu payda kursor hali komponent ustida turgan bo'ladi-ku, to'g'rimi? Shuning uchun "mouseover" ishga tushib komponentni yana ochib yuboradi (yani ochilish animatsiyasi ishlab ketadi).
Undan KEYINGINA "disabled===true" bo'ladi --- deb o'ylasangiz yanglishasiz. 😄
Chunki endi "transitionend" ishlab "disabled===false" bo'lib qoladi!

Mana sizga chigallik!

React har bir (sinxron) state'lar zanjiri to'liq o'zgarib, virtual DOM "pishgandan" keyin haqiqiy DOM ga o'zgarishlarni kiritadi.
Ya'ni event loop bir marta aylanishiga bitta render bo'ladi!!! (Har holda shunga harakat qiladi. Xato aytgan bo'lsam to'g'irlanglar)

Sichqoncha bilan bog'liq har bir event/hodisa event loop'gai bitta aylanish vazifasini yuklaydi. Komponentimizdagi "onButtonClick" listeneri "disabled" state'ini o'zgartirmaydi. "Disabled" o'zgarishi keyingi event loop'da sodir bo'ladi. Shuning uchun orada undan oldin "mouseenter" tiqilib olishga ulguradi.

Xullas kalom, bu yerdagi eng katta xato shuki, men state'ni DOM dan o'qiganim bo'ladi. Chunki "transitionstart" bu DOM o'zgarishi orqali sodir bo'luvchi event!
React'da state DOM'ni boshqaradi, DOM state'ni emas!!!
Buni React'ni endi o'rganayotgan paytimda o'qiganman.

Shuning uchun e'tiborli bo'linglar. 🙂
  • 👍 2
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →