TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #183 827

Forwarded from Aleph Nought

Bugun bir odamdan habar keldi:

"Ko'p dasturchi insonlar aynan Web development dan uyog'iga o'tishmasligi(u xoh O'zbekistondagi katta kompaniya bo'lsin) meni hayron qoldiradi."

"Uyog'iga o'tish" jumlasi - habar muallifining Web ni boshlang'ich level deb tushunishlarini isbot qiladi. Huddi Web dan keyin albatta nimagadir o'tmasangiz - siz hechkim emassiz.

Bir narsani aniqlashtirib olaylik.

World Wide Web (www) ga aloqador hamma ishni qiladiganlar avvallari "Veb dasturchi" deyilgan. Server bilan ishlashda PHP dominantlik qilgan. Shuning uchunmi bilmadim, hozir ham veb dasturchi deganda PHP chilarni tushunishadi. Ammo bu notog'ri.

Web - Bu fokusini Browser ga qaratgan har qanday built-in va embedded interfeysdir. Masalan, avval Bluetooth texnologiyasi kashf etiladi. So'ngra Browser'larda ishlashi uchun interfeys qilinadi. Shu kabi boshqa texnologiyalar ham bir joyga to'planadi va o'sha iterfeyslar to'plami - WebAPI deyiladi. Masalan, WebSocket - bu siz bilan socket programming ni Web da qo'llanilishi. Shu va shunga o'xshash boshqa ko'plab texnologiyalar, allaqachon Web da mavjud.

WebAPI ga aloqador embedded texnologiyalarni Browser'larsiz ham ishlatish mumkin. Shaxsan o'zim WebGPU ni Browser dan tashqarida - GPU Computing uchun ham ishlataman.

Shunday ekan Web ham - Desktop/Mobile/VR/Console lar qatorida turadigan raqobatdosh alohida soha. Mensilmaydigan, kamsitiladigan, boshida o'rganib, keyin boshqasiga o'tiladigan emas.

Har qanday soha vakili bilan muloqot qilar ekansiz, ehtiyotkor bo'ling. Hali chuqurroq kirib ko'rmagan narsangizni yaxshi bilmasligingiz - o'sha soha yoki texnologiya tufta degani emas. Haddingizni biling! Sochingizga ehtiyot bo'ling! (Soch masalasini keyin tushunasiz).

Hozir sohalar Frontend, Backend, DevOps vahokazolarga bo'linib ketgan. Har birining ohiriga yetishni baribir iloji yo'q. "Frontendni mukammaliga yetdim, endi Professional Backendchi bo'laman" deya olmaysiz.

Undan ko'ra o'z sohangizda samuray bo'ling! Masalan men hayolimga nima ish qilish kelsa - o'shani Web'da qilish haqida o'ylayman. Chunki fokusimni Browser'larga qaratgamman va asosiysi ishimmi yaxshi ko'raman. Browser'da hamma narsa qila olishni hohlayman. Bu narsa Desktop da yoki Mobile'da qilinadi deb o'tirymayman. Bazi texnologiyalar hos ishlar uchun ishlatiladi. Bular bundan mustasno.

Maqolani Ibrohim Kadirovning ajoyib fikri bilan yakunlayman:

Samuray (さむらい) sartarosh emas, ammo u qilichdan shunday ustalik bilan foydalana oladiki - qilichi bilan sochingizni ham kesib qo'ya oladi.
  • 🔥 10
  • 👍 7
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →