TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #153 1.04K
Frontend uchun algoritmlar kerakmi?

Kim kerakmas desa yolg'on aytibdi!

Frontendda emas backendda algoritmlar bo'ladi deyishsa bekorlarni beshtasini yeyishibdi!

Backendmi, frontendmi siz kod yozyapsiz. Frontendda algoritm va ma'lumotlar tuzilmalarining ishlatilishi backendnikidan kam emas. Shunchaki ikkalasi 2 xil yondashishga undaydi.

Agar bu narsani hali tushinib yetmagan bo'lsangiz, algoritmlar haqida to'liq tushunchaga ega emassiz. Xatto CSS yozyotganda sizga algoritmlar kerak bo'ladi.

Pinterestga kirganimdan beri bitta ham vazifa bo'lmadiki algoritmlar yozmagan bo'lsam. O'zi umuman olganda 7 yillik frontend tajribamda har doim algoritmlar bilan ishlagan ekanman. Buni faqat hozir anglab yetyapman.

Aytgancha, algoritm ekan deb kodni murakkablashtirib tashlash kerak emas. Siz odamlar uchun kod yozasiz. Boshqalarga aqlli ekanligingizni ko'rsatish uchun emas. Agar kodingiz murakkablashganini sezsangiz demak nimanidir xato qilyapsiz. Ha, ba'zi muammolarning ozi murakkab yechi talab qiladi. Lekin dasturchi sifatida yaxshi yechim topish bizning vazifamiz.

Bu mavzuda misollar bilan albatta bitta maqola yozaman. Bittasi kamlik qilsa ham kerak.

Kanalga yozadigan narsalarim ko'p. Agar kimlardir kutayotgan bo'lsa uzr so'rayman. O'tirib hammasini yozib chiqay desam vaqt yetmaydi. Shunaqa qisqa, tez fikrlarimni berib turay hech bo'lmasa. 🙂️️️️️️
  • 👍 30
  • 🔥 7
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →