TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #149 1.42K
Pinterest vebsaytini buzib qo'ydim 🥲

Mening sharofating bilan 1 oydan beri "Share" tugmasi millionlab foydalanuvchilar uchun ishlamayapti ekan. Har safar
"Share" bosilganda sahifa tepaga chiqib ketyapti.

Oxirgi 2 oy dizayn sistemamizning "Dropdown" va "Popover" kabi komponentlarini to'g'rilab chiqyotgandim. Ularning ekrandagi joylashuvini hisoblovchi algorithmni qaytadan yozib chiqdim. Raport qilingan va dokumentatsiya qilingan barcha xatoliklarni tuzatdim.

Qizig'i saytni buzgan hozirgi "bug"ni kod yozayotgan paytimda chiqib qolgani esimda. Lekin shunchaki "glitch", tashqi nozoslik bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Uni keyinchalik tekshirib ko'raman deb umuman esimdan chiqargan ekanman. Hatto "design doc"da bu keyinchalik shunga o'xshash holatlarga olib kelishini yozib ketgan ekanman. Kattaroq qilib, qizartirib yozib ketsam bo'larkan o'zi!

Unda nega shunday qilmading dersiz. Yaxshi savol. Sababi prioritetda! Bundan muhimroq va ancha jiddiyroq nosozliklar bilan bunday detallarni ko'zdan qochirish juda oson.

P.S. Soat kechki 11 da o'shani to'g'rilab o'tiribman. "Share" metrikalari 1 oydan beri yaxshigina pastga tushib ketibdi.
  • 🤯 22
  • 😁 6
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →