TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #136 1.3K
Performance review yozma bo‘lishining yaxshi tarafi uni GPT ishlatib yozsa bo‘ladi. Men ham shunday qildim. Pinterestda ishchilar uchun GPT-4 dan foydalanish imkoniyati bor. Mana sizga lifehack! 😎

Senior Engineer pozitsiyasidan kutiladigan kriteriyalarni olib GPT ga kirita boshladim. Undan tashqari yana 2-3 ta baholash metodlari kriteriyalari ham bor edi. Ularni ham birin-ketin kiritib, shularni eslab qolishing kerak, keyin shular bo‘yicha javob berasan deb “prompt engineering” qildim. 

Eng asosiysi, oxirgi 9 oy ichida qilgan barcha ishlarimning ro‘yhatini berdim. Va nihoyat, self-review savollarini birma-bir so‘rab chiqdim. Qilgan ishlarim qaysi kriteriyalar bo‘yicha natija olib kelgani, yillik planlarning qancha qismida mening hissam borligi, va albatta, kompaniya “core value”larining qaysilarini ko‘rsatib berishini va hokazolar. Undan tashqari kamchiliklarim va xatolarimni kiritib, nima ustida ko‘proq ishlashim kerakligini ham so‘rab oldim.

Xullas, 2 soat ichida hammasini bir yoqlik qildim. Albatta, GPT bergan gaplarni to‘g‘rilab chiqdim. Chunki GTP ko‘pincha sizni xuddi saratonni davolaydigan dori yaratgan odamdek osmonga ko‘tarib yuboradi.
  • 🔥 12
  • 👍 10
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →