TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #135 1.15K
Performance review yoxud samaradorlikni baholash haqida

Samaradorlikni baholash siz ishlayotgan kompaniyaning rasmiy baholash mexanizmi. Har 6 oyda bo‘lib turadigan bu jarayonda menejerlar tomonlar xodimning ish samaradorligini baholanadi. Maqsad - ishchilarning kuchli va zaif tomonlari haqida ko‘proq ma’lumot olish, kelajakda malaka oshirish uchun konstruktiv fikr-mulohazalarni taklif qilish va maqsadlarni belgilashda yordam berishdir. Yoki, ba’zan, ishdan haydash yoki haydamaslikni aniqlashdir.

Har bir kompaniyada ishchilarni baholash uchun kriteriyalar, lavozim va darajalarga mos kutiladigan ko‘nikmalar jadvali bor. Sizning samaradorligingiz shu jadvalga asoslanib baholanadi. Kriteriyalarga misol: texnik ko'nikmalar, boshqaruvchilik ko'nikmalari, kommunikatsiya va hokazo.

Super Dispatchda ishlab yurgan paytlarim performance review’lar uchun menejer va ishchi bilan 1 soatlik suhbatlar bo‘lar edi. Unda oxirgi yarim yil ichida qilgan ishlarimni muhokama qilardik va barcha kriteriyalar bo‘yicha tekshirib chiqardik. Va suhbat so‘nggida natijaga qarab daraja oshish yoki oshmasligi aniq bo‘lar edi. Daraja oshdi degani, oylikni oshirish mumkin degani edi.

Hozir Pinterestda esa bunday meeting‘lar o‘rniga “Self review” yozishim kerak va shunga qarab menejerlar meni baholashadi. Bu xuddi rezyume yozganday gap. Har bir qilgan ishimni Pinterestdagi baholash kriteriyalari jadvaliga moslab yozishim kerak. Har bir ishda qaysi kriteriyalarga mos kelishini va kompaniyaning qaysi “core value”larini ko‘rsatganini ta’kidlashim kerak. 

To‘g‘risini aytsam, yozma usul menga ko‘proq yoqdi. Chunki yuzma-yuz suhbatdan yozish osonroq tuyuladi menga. Chunki suhbat baholashni subyektivlashtirish ehtimoli katta deb o‘ylayman. Sababi suhbatlarda ko‘p hayajonlanaman va qilgan ishimni ham to‘g‘ri gapirib berolmay qolaman. Aslida bu men uchun yomon ko‘rsatkich. O‘ziga bo‘lgan ishonch va kommunikatsion ko‘nikmalar ishchi muhitida o‘ta zarur hisoblanadi.
  • 👍 19
  • 🔥 7
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →