🚨 SMARTFONINGIZNI BUZIB KIRISHLARIGA YO‘L QO‘YMANG!
📦 Hozirda Telegram orqali .apk (dastur) fayllarini yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari keskin ko‘paydi.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Tanishlardan keladi: Fayl yaqin do‘stingizdan kelishi mumkin, lekin bu uning profili buzilganidan dalolat.
🔹 Qiziqtiruvchi nomlar: "Rasm.apk", "Sovg‘a.apk" yoki "Yangi ilova.apk" kabi nomlar bilan sizni chalg‘itishadi.
Agar shubhali faylni ochsangiz nima bo‘ladi?
⚠️ Bank kartangizdagi pullar yechib olinishi;
🔐 Telegram yozishmalaringiz va rasmlaringiz o‘g‘irlanishi;
❌ Telefoningiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tishi mumkin.
Xavfsizlik qoidalari:
✅ Noma’lum va kutilmagan fayllarni aslo yuklamang va ochmang!
✅ Ilovalarni faqat Google Play’dan yuklab oling.
✅ Agar tanishingiz shunday fayl yuborsa, unga qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtiring.
☝️ Unutmang: Birgina noto‘g‘ri bosilgan tugma barcha ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo‘yadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR