Bugun ham kun juda qiziq bo'ldi. Botir aka Arifdjanov ham Oxfordda ekan; bir chashka kofe ichib, suhbat qurdik. Mening qilayotgan ishlarim, qanday qilib bu joylarga kelganligim, ularning qilayotgan ishlari va loyihalari haqida maroqli suhbat qildik.
Ular bilan avval onlayn ko'rishib, gaplashgan edik, lekin yuzma-yuz endi ko'rishdik. Juda xursand bo'ldim, yana bir O'zbek akamiz shu yerda ekanidan.
Botir aka Khan Academy Uzbek, Astrum va yana bir qancha loyihalar asoschisi. Yoshlarga ko'plab turdagi ilmlarni bepulga o'rgatishda juda ko'p ishlar qilayotgan inson.
Yuzma-yuz ko'rishganimdan juda xursandman.
Oxford, UK
12 Feb 2024
Telegram | YouTube | LinkedIn
Post #161
2.73K
