TGViewer
Channel Public Channel
BookloverCouple ✨

BookloverCouple ✨

@booklovercouple

Kitoblar – bizni birlashtirdi 💕
Hamkorlik uchun :
@booklovercoupleoffice
Subscribers
1.2K
Photos
2.2K
Videos
145
Links
891
Recent Posts 14 shown
Post #6312 150
Mana shu narsalarning barchasini AI yordamida qildim.

Kitoblardan yanada unumli foydalanish, o‘qiganlarimizni yaxshiroq tushunish va eslab qolish uchun juda qulay ekan bu promptlar.
Hohlasangiz, ishlatgan promptlarimizni ham tashlab beramiz.

Ha, aytgancha… faqat yakshanba kuni post yozadigan bo‘lib qolyapmiz shekilli.
  • ❤ 6
Post #6305 202
Yangi kitobning hidi ham boshqacha-da…

Qo‘limdagi bu kitobni anchadan beri olishni niyat qilib yurgandim. Nihoyat, kutgan kitobim ham kutubxonamizdan joy oldi.
  • ❤ 2
  • 😍 1
Post #6304 202
Mana bu esa yangi mutolaa kitobi.

Satrlarga e’tibor bering… O‘zligini anglab yetgan inson o‘zini qanchalik hurmat qila oladi?

Ichki tuyg‘ular isyoni, insonning o‘zi bilan kurashi, ich-ichidan yemirilishi…

Ha, bu - Dostoyevskiy.
  • 🔥 3
  • ❤ 2
Post #6303 185
BookloverCouple ✨ Bu turdagi kitoblarni ham juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, darslarimni o‘tkazishda ulardan juda ko‘p ajoyib fikrlar olaman. 📖 Yangi kitobni boshladik!
#finished

Google. Kris Maknab

Google ni deyarli har kuni ishlatamiz. Biror narsani bilmoqchi bo‘lsak Google, nimanidir topish kerak bo‘lsa yana Google. Lekin shu paytgacha men bu gigant kompaniya qanday boshlanganini bilmas edim.

Kitobni o‘qib bo‘lgach, menga eng qiziq tuyulgani ham shu bo‘ldi.

Sergey Brin va Larri Peyj hammasini tayyor biznes, katta jamoa yoki ulkan mablag‘ bilan boshlamagan. Ular Stanfordda o‘qib yurgan paytlarida qidiruv tizimi ustida ishlay boshlashadi. Keyinchalik esa shu oddiyroq ko‘ringan g‘oya Googlega aylanadi.

Kitob davomida bir narsani ko‘p o‘yladim: bugun hammamizga juda katta va oddiy ko‘rinadigan narsalar aslida bir paytlar kimningdir kichkina g‘oyasi bo‘lgan.

Menga yana Googlening faqat texnologiya hisobiga o‘sib ketmagan tomoni qiziq bo‘ldi. Qarorlar, xatolar, raqobat, biznes modelini topish, kompaniyani qanday rivojlantirish, bularning hammasi jarayonning bir qismi bo‘lgan.

Shuning uchun bu kitobni faqat Google tarixi deb qabul qilmadim. O‘qib borarkanman, “Qanday qilib shunday katta narsani qurish mumkin?” degan savoldan ko‘ra, “Odam bir g‘oyaga qanchalik uzoq ishonishi kerak?” degan savol ko‘proq qiziqtirdi.

Eng yaxshi tomoni - kitob Googleni afsonaviy kompaniya sifatida emas, boshida oddiygina muammo ustida ishlayotgan ikki yoshning loyihasi sifatida ko‘rsatadi.

Endi Googledan yana biror narsa qidirayotganimda, balki avvalgidan boshqacharoq qararman. Chunki uning ortida shunchaki qidiruv oynasi emas, juda katta bir tarix bor.

Texnologiya, biznes va katta kompaniyalar qanday paydo bo‘lishi qiziqtiradiganlarga bemalol tavsiya qilaman.

🖥 🌐 🐁 🗾 🛒
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🤩 2
  • 🔥 1
  • 😍 1
Post #6302 158
iPhone Duo’da bizga eng yoqqan narsa nima?
  • ❤ 6
  • 😍 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #6301 228
Kech bo‘lsa ham,
kecha sotib olgan kitoblarimizni joylab qo‘yaylik.

Safiya qizimiz uchun ham kitoblar yig‘ishni boshladik. Kichkinaligidan kitoblar orasida ulg‘ayishini xohlaymiz.

“Yosh Verterning iztiroblari”ni esa o‘zimiz uchun olib, kutubxonamizni yana bitta yaxshi asar bilan boyitdik. 📖✨
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #6300 233
BookloverCouple ✨ #review Ko‘rlik - Joze Saramago Tasavvur qila olasizmi, to‘satdan ko‘r bo‘lib qolishingizni? Ha, hatto buni tasavvur qilishning o‘zi ham qiyin. “Ko‘rlik” romanida bir shaharda yashovchi odamlar birin-ketin ko‘r bo‘lib qola boshlaydi. Qizig‘i, muallif bu…
“Ko‘rlik” filmini ham ko‘rib chiqdim. 2008-yilda ishlangan film ekan, juda yaxshi ishlangan. Mazmuni ham ancha ta’sirli. Bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa, ko‘rib qo‘yarsiz.
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #6299 278
Bu turdagi kitoblarni ham juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, darslarimni o‘tkazishda ulardan juda ko‘p ajoyib fikrlar olaman. 📖

Yangi kitobni boshladik!
  • 😍 5
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🤩 1
Post #6298 290
#review

Ko‘rlik - Joze Saramago

Tasavvur qila olasizmi, to‘satdan ko‘r bo‘lib qolishingizni? Ha, hatto buni tasavvur qilishning o‘zi ham qiyin.

“Ko‘rlik” romanida bir shaharda yashovchi odamlar birin-ketin ko‘r bo‘lib qola boshlaydi. Qizig‘i, muallif bu ko‘rlik nima sababdan tarqalayotganini tushuntirmaydi.

Ko‘rlikning tasviri ham o‘ziga xos. Odatda ko‘rlik qorong‘ulik bilan bog‘lanadi. Saramagoda esa aksincha odamlar “oq ko‘rlik”ka duchor bo‘lishadi. Balki muallif shu orqali bizga ko‘rish va ko‘ra olish bir xil narsa emasligini ko‘rsatmoqchidir.

Hukumat ko‘r bo‘lib qolgan odamlarni imkon qadar karantinga olishga harakat qiladi. Buning uchun esa eski ruhiy kasalliklar shifoxonasi binosidan foydalaniladi. Bu ham o‘ziga xos ramz: ko‘rlik va ruhiy kasalliklar bir makonda.

Odamlar tobora ko‘payib, shifoxona to‘lib boradi. Sharoit esa tobora og‘irlashadi: suv yo‘q, tartib yo‘q, oziq-ovqat yetishmaydi. Odamlar hatto oziq-ovqat uchun bir-biriga qarshi chiqishni boshlaydi. Hamma tomon rasvoga aylanadi. Insonlar asta-sekin hayvonlasha boshlaydi, duch kelgan joyga hojat chiqarishgacha boradi.

Eng qiziq jihatlardan biri asardagi asosiy qahramonlarning birortasining ham ismi aytilmaydi. Ular shifokor, shifokorning xotini, birinchi ko‘r, qora ko’zoynakli qiz, kabi nomlar bilan tasvirlanadi.

Ammo ular orasida bir insonning o‘rni alohida - shifokorning xotini. Butun asar davomida faqat u o‘z ko‘rish qobiliyatini saqlab qoladi. Uning ko‘zlari ochiqligi esa nafaqat najot, balki atrofida sodir bo‘layotgan barcha shafqatsizlik, tubanlik va vahshiylikni ko‘rib turishdek og‘ir azob va mas’uliyatdir.

Nazorat butunlay izdan chiqadi. Jamiyatdagi tartib yo‘qolib, insonlarning asl tabiati yuzaga chiqa boshlaydi. Hatto ko‘r bo‘lib qolganlar ham birlasha olmaydi. O‘z nafsini o‘ylab qilingan ishlar esa asardagi eng chuqur va og‘riqli sahnalardan biridir.

Va menimcha, Saramago bizga aynan shu savolni beradi:

Inson ko‘r bo‘lib qolganda emas, jamiyat ko‘r bo‘lib qolganda nima sodir bo‘ladi?

Ya’ni insonlarning ko‘zi ochiq bo‘lib turib ham ko‘ra olmasligi bundan-da battar ahvolga olib kelishi mumkin.

1998-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Joze Saramagoning bu asari, menimcha, bejizga bunchalik qadrlanmagan.

Albatta o‘qing. Chunki “Ko‘rlik” ni o‘qimaslik ham, aslida, bir ko‘rlikdir.
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
Post #6297 208
Haa, shuncha voqealar orasida kuz ham sezdirmay kirib kelibdi… 🍂
  • 🔥 5
  • ❤ 1
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #6295 255
Bizning oilamizdagi eng go‘zal yangi bob boshlandi. 📖🤍
Bosh qahramonimiz esa - mittigina Safiya qizalog‘imiz. 🥹🩷

Xush kelibsan, Safiya. Hayotimizning eng go‘zal sahifasiga aylanding.
  • ❤ 14
  • 🤩 6
  • 😍 4
  • 🔥 2
Post #6294 237
Vatan qadrini 4 yil musofirlikda yurganimda juda qattiq his qilganman.

Barchangizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! 🇺🇿
  • ❤ 8
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • 😍 2
Post #6293
BookloverCouple ✨ pinned «Bugun hayotimizdagi eng baxtli kunlardan biri. ❤️ Bugun Booklovercouple oilasiga mittigina, jajji qizaloq qo‘shildi. 👶🏻🎀 Endi biz ota-onamiz. Ana endi uyimizda ertak kitoblari ham ko‘payadi. Xush kelibsan, qizalog‘im. Hayotimizga xush kelibsan! 🤍 Shukur…»
Post #6292 331
Bugun hayotimizdagi eng baxtli kunlardan biri. ❤️

Bugun Booklovercouple oilasiga mittigina, jajji qizaloq qo‘shildi. 👶🏻🎀

Endi biz ota-onamiz.

Ana endi uyimizda ertak kitoblari ham ko‘payadi.

Xush kelibsan, qizalog‘im. Hayotimizga xush kelibsan! 🤍

Shukur shu kunlar va har lahza uchun…
  • ❤ 16
  • 😘 8
  • 😍 6
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @booklovercouple without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for BookloverCouple ✨: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does BookloverCouple ✨ have?
BookloverCouple ✨ (@booklovercouple) has 1.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does BookloverCouple ✨ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →