TGViewer
Bookgeek.uz 🌻 Bookgeek.uz 🌻 @bookgeek_uz · 444 subscribers
Post #976 5.84K
​​• Abdulfattoh abu G'udda
• Büyük âlim olmanın yolu"

Kitobning nomi o'ziga juda tortgan edi. O'qishni boshlagach, yana-da e'tiborimni o'ziga qaratdi. Juda kichik hajmdagi kitob bo'lib, ammo har bir yozilgan satrni fikrlab o'qish talab qilinadi. Aslida ichidagilar yangilik bo'lmadi, go'yo oyna vazifasini o'tadi.

Olimlikni istovchilar uchun ko'proq salafi solihlar, sahobalar davridan o'rnaklar keltirilgan. Nimaga u paytdagi insonlarni zehni o'tkir, qabul qilishi yaxshi va ortiqcha narsaga aralashmay, ilmni mustahkam olganlari birin-ketin tahlil qilib chiqilgan. Inson ruhiyati uchun atrof muhitning holati ham muhim ekani, faqat ilm olish emas, amal qilishga ham e'tibor qaratishimiz kerakligi va yeyayotgan narsalarga e'tibor, vaqtga e'tibor qaratilishi, hamda tolibi ilm uchun bekorchi narsalardan maksimal darajada cheklanishga harakat qilishi lozimligi asosiy mavzulardan.

Yozuvchi, ilm yo'lidagilarga albatta musulmon olimlari, xususan salafi solihlar hayotini yaxshi o'rganishni tayinlaydi. Hozirda ko'paygan g'arbning olimlarigagina yopishib qolmay, o'z tariximizdagi buyuk shaxslarni hayotini o'rganib, ulardan o'rnak olgan holda harakat qilishni a'lo yo'l deb ko'rsatadi.

Chindan ham, biz kimni ko'p o'rgansak, o'shaning holati uzra talpinamiz. O'zimiz bilmagan holda fikrlashi, harakatlari bizga ham singadi. Aslida musulmon olimlarining sanalsa sanog'i yo'q. Shaxsan o'zim aynan usha olimlarni o'rgangan holda, yana-da yo'limda shijoatliroq yurishga intilaman. Chunki baribir qaysidur yo'lni tanlamoqchi bo'lsak, o'sha yo'lni allaqachon bo'sib o'tganlar ila suhbat qilishimiz yoki ular haqida o'rganishimiz ancha foyda beradi. Inson istasa istamasa hayotida o'zi uchun o'rnak qiluvchi insonlari bo'ladi. Xoh buni tan olsin yoki yo'q, qaysidur davrlarda kimdurlar u uchun o'rnak bo'ladi. Biz esa o'z olimlarimizni hayotimizda o'rnak qilsak, eng ozidan shu yo'lga mehrlilardan bo'lamiz va harakat, amallarimiz ham shunga yarasha bo'ladi. Ha, mayli, olimlik darajasini yoki biror kasbni eng zo'r mutahassisi bo'lishni hammaga ham nasib qilavermas. Lekin juda bo'lmaganda shu yo'lda harakat qilsak, o'zimizga mos darajani beradi.

@bookgeek_uz☘️
  • ❤ 14
  • 👍 6
  • 🔥 3
More from @bookgeek_uz
  1. Oct 11, 2025Bu qizlar uchun sahifam, hozircha shu yerdaman💛 Aniq yo’nalishda rivojlantirishga harakat…
  2. Oct 11, 2025Ona bo’lish - rivojlanishdan to’xtash emas, balki, hayotning yangi sahifasi boshlanishi. �…
  3. May 6, 2024Instagramni vaqtinchaga o’chirdim. Va o’rniga yangi ilovani yuklab, qo’llanishni boshladim…
  4. May 4, 2024Hozir o’qiyotganim kitoblardan biri bu “Körlük”. Zamonaviy jahon adabiyoti klassiklari ora…
  5. May 3, 2024Oxirgi marotaba iyunda ko’rinish bergan ekanman bu sahifamdan. Oradan shuncha vaqt o’tib,…
  6. Jun 15, 2023Hech bo'lmasa sayohatdagi videolarimni tashlab turay bu sahifaga🥳 O'zi sayohat ham deyarl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →