Instagramni vaqtinchaga o’chirdim. Va o’rniga yangi ilovani yuklab, qo’llanishni boshladim. Ilova nomi “1000 kitap”. Turk mutolaachilari orasida ancha mashxur. Deyarli twitterlarga o’xshab ketarkan. Ammo farqli jihati, kitoblar borasida gap bo’ladi. Turli taqrizlar, kitob haqida fikrlar, kitoblardan iqtiboslar joylab borilarkan.
Yana bir yaxshi jihati, har bir foydalanuvchini sahifasiga kirilganda, nechta va qanday kitoblarni o’qigani ko’rsatib qo’yilishi mumkinligida. Va xatto, o’qimoqchi bo’lgani kitoblarni ham tanlab “rejadagi kitoblar” ga qo’shib qo’ysa bo’ladi. Hozircha juda zo’r hali tushunib ololmadim ilovani. Ammo o’zbeklar orasida ham shu kabi platformalar mashxurlashsa zo’r bo’lardi (balki bordur, man xabarsizman).
Post #982
5.97K


- ❤ 67
- 🔥 17
- 👍 8
- 🎉 2