Qizlar ta'lim olaman desa, ko'pincha "senga nimaga kerak? Turmush qurib, uyda o'tirsang. Olima bo'larmiding, dunyoni olib berarmiding?" kabi gaplar keladi javoban. Bu fikrlar ayrim qizlarimiz o'zlarida ham shakllanib qolib, ilm olayotgan joylarida yo'llarini yo'qotib qo'yishadi. "Baribir ishlay olmayman-ku, o'qiganim bilan baribir oila bilan o'ralashib qolaman-ku" degan o'ylar ichida qolishadi.
Yo'q, unday emas. Dinimizda ayollarning ilm olishi borasida biz o'ylaganimizdek to'siqlar yo'q. Aksincha, har bir musulmon va muslimani ilm olishga chaqiradi doimo. Tarixda buyuk olima ayollar ham yetarlicha chiqgan. Ha, hozir bizdagi o'rnaklar ko'p bo'lmasligi mumkin. Ammo bu olimalar bo'lmaganini anglatmaydi. O'qib izlansak, ko'plab ilmli ayollarimiz o'tganini bilishimiz mumkin. Hammamiz biladigan Oisha onamizni olsak, hali xanuz ilmlaridan foyda olib kelinadi. Qanday buyuk olima bo'lganlar-ki, xanuzgacha manfaatlari taralib turadi.
Rivojlanishning asosi aslida ayolda, onadadir. Chunki u zakiya, oqila va olima bo'lsa, zurriyotlarini ham shunday yetishtiradi. Hali o'zining fikr-tushunchalari, yetarli ilmi bo'lmasa, tabiiyki hayotdagi maqsadi ham kichik bo'ladi. Yo'q, har bir muslimaning maqsadlaridan biri olima bo'lish va olim/olimalar yetishtirish bo'lmog'i darkor. Bu faqatgina din yo'nalishida emas, askincha, har bir ilmda! Kimning qay sohada salohiyati bo'lsa, o'sha bo'yicha odimlashi naqadar go'zal!
Yengilmang, yengilmaymiz!
@bookgeek_uz
Post #971
5.41K