Kecha codebaseda katta refactoring qilgandim, taxminan 20+ file change. Oxirida alohida commitlarga bo'lib chiqayotganda (shunaqa qilish so'ralgandi) bitta change hech qaysi commitga kirmay qolib ketibdi. Refactoring bo'lgani uchun build pipelinedagi testlardan o'tib ketgan ekan, lekin bugun runtime sensorlar tutib olibdi. Tepadagi memeni eslab rosa kulishdik ))
Engineering NotesShunda to'g'ri tushungan bo'lsam kitobni "piratski"sini o'qish xato lekin millionta accountda free tier ishlatish to'g'rimi?
Tepadagi post bo'yicha.
Shunday qilish mumkinmi? Albatta mumkin, umuman olganda bir qancha account ochib ishlatishga hech qanday qonuniy cheklov yo'q.
Lekin shunday qilish to'g'rimi? Absolyutno yo'q, bu ochiqchasiga muallifning mehnatiga tupurish.
Free trialning ma'nosi "ozgina vaqt tekinga ishlatib ko'r, yoqsa olasan yoqmasa yo'q" degani, "ozgina ishlatib ko'r, ertaga boshqa kiyimda kelib yana ozgina ishlatib ko'r" emas. Free trial taklif qilinishiga sabab ko'pchilik o'zi umuman bilmaydigan yoki oldin ishlatib ko'rmagan mahsulot/servisni srazu katta pulga sotib olmaydi, ozgina vaqt tekinga foydalanib ko'rib keyin qaror qilishi klientning cho'ntagi uchun ham biznesning reytingi uchun ham foydali.
Yana bir gap, hech qaysi platformada "bir kishi bir marta free trial ishlatishi mumkin" degan qoida alohida yozilmagan. Bunday deb yozishning o'zi kulgili, sababi free trialning tepadagi ma'nosi bo'yicha bir kishiga faqat bir marta berilishi ochiqchasiga ko'rinib turibdi. Qolgani insof, vijdonning hududi va bu har kimning o'zining ishi.
Xullas, O'zbekistonda xizmat ko'rsatish madaniyati haqida ko'p noliymizku-ya, lekin menimcha iste'molchilik madaniyati bizda aslida kattaroq muammo.
Engineering NotesAMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.me/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q: Pythonchilaga ish chiqmayapti. Odam ruxan siqilib qolyapti. Project qilgisi ham kelmay qolyapti. Sizda shunday bolganmi hech. Qanday maslahat bera olasiz
A: Siqilmang, rizqingiz aynan bitta til yoki yo'nalishga bog'lanib qolmagan.
Engineering NotesAMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.me/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q: Assalomu alaykum Hozirda discrete math o'qiyapman, matem tarafimni ko'tarish uchun. MITning Mathematics for Computer Science kursini tanladim. Buni tugatgach keyingi steplar qanday bo'lgani yaxshi deb o'ylaysiz? Foundations uchun, chunki o'zimga ko'proq fundamental bilimlar yoqadi, frameworklar abstraksiyasi bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Shu sabab discretedan boshlagandim. Oldindan rahmat
A: Shaxsiyga yozsangiz specificroq javob izlab ko'ramiz.
Engineering NotesAMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.me/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q: Leetcodedan ko'ra Codeforces yaxshiroqmi?
A: Bilmadim, lekin menga ko'proq codeforces yoqadi. Leetcodedagi aksariyat savollar aynan bitta algo/ds atrofiga qurilgan bo'ladi, natijada o'ylaydigan, analiz qiladigan joyi nisbatan kamroq: yechimni bilasiz yoki bilmaysiz. Codeforcesda ijod qilsangiz bo'ladi ))