TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #881 2.16K
Engineering Notes Shunda to'g'ri tushungan bo'lsam kitobni "piratski"sini o'qish xato lekin millionta accountda free tier ishlatish to'g'rimi?
Tepadagi post bo'yicha.

Shunday qilish mumkinmi? Albatta mumkin, umuman olganda bir qancha account ochib ishlatishga hech qanday qonuniy cheklov yo'q.

Lekin shunday qilish to'g'rimi? Absolyutno yo'q, bu ochiqchasiga muallifning mehnatiga tupurish.

Free trialning ma'nosi "ozgina vaqt tekinga ishlatib ko'r, yoqsa olasan yoqmasa yo'q" degani, "ozgina ishlatib ko'r, ertaga boshqa kiyimda kelib yana ozgina ishlatib ko'r" emas. Free trial taklif qilinishiga sabab ko'pchilik o'zi umuman bilmaydigan yoki oldin ishlatib ko'rmagan mahsulot/servisni srazu katta pulga sotib olmaydi, ozgina vaqt tekinga foydalanib ko'rib keyin qaror qilishi klientning cho'ntagi uchun ham biznesning reytingi uchun ham foydali.

Yana bir gap, hech qaysi platformada "bir kishi bir marta free trial ishlatishi mumkin" degan qoida alohida yozilmagan. Bunday deb yozishning o'zi kulgili, sababi free trialning tepadagi ma'nosi bo'yicha bir kishiga faqat bir marta berilishi ochiqchasiga ko'rinib turibdi. Qolgani insof, vijdonning hududi va bu har kimning o'zining ishi.

Xullas, O'zbekistonda xizmat ko'rsatish madaniyati haqida ko'p noliymizku-ya, lekin menimcha iste'molchilik madaniyati bizda aslida kattaroq muammo.
  • 👍 16
  • 👀 3
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →