Forwarded from Bobosher Musurmonov
n ta sahifali hujjat uchun(misol uchun, n=100):
1-listda albatta n (bizda 100) va 1- sahifalar bo'ladi.
2-listdan boshlab har bir listda katta sahifa raqami 2 ga kamayib, kichigi 2 ga oshaveradi, yig'indisi o'zgarmaydi.
(n-2) va 3. Endi shuni rekursiya orqali yana keyingi safar (n-4) va 5, narigi safar (n-6) va 7, ... (n/2+2) va (n/2-1) gacha davom etadi.
Ikkinchi taraf esa qolganlari.
Algoritmni to'la tushunish uchun 2 ta narsani bilishingiz muhim:
1. Jarayon rekursiv. Ya'ni deylik, 100 sahifali hujjat uchun tuzilgan ikki guruh ketma-ketlikning har birining birinchi juftligini olib tashlasak, (n-4) sahifali xujjat uchun har bir sahifaga +2 qo'shilgan ketma-ketlik hosil bo'ladi(sababi, endi sahifalash 1 dan emas, 3 dan boshlanayapti). Bu xuddi har safar kitobning tashqi 1 juft varag'ini yirtib tashlashga o'xshaydi.
2. n sahifali hujjatda ixtiyoriy sahifalar juftligining yig'indisi n+1 ga teng.
2+. Tepani qayta o'qib ko'ring.