Bu offtopic bo'lsa ham vijdonim qiynalgani uchun yozayapman.
Eng avval sizga ba'zi savollarni bermoqchiman:
Aynan nega sizga Professionali kerak?
Community version sizning talablaringizga javob bermayaptimi?
Nega boshqa tekin editorlardan foydalanmaysiz?
Nega Professionalni pullik qilib qo'yishgan?
Javoblar katta ehtimol bilan ko'pchilikda o'xshash bo'ladi:
Bu narsa bizga "ODAT" bo'lib qolgan.
Hamma joyda crack version.
Copyright oyoq osti bo'lib bo'lgan.
Yana kamiga crack versiyani chiqarish, uni ishlatishdan faxrlanishadi. Tan olasizmi yoki yo'q, biz, O'zbeklar mana shunday "O'ZBEKCHILIK"larni odat qilganmiz.
Sotib olishga pulim yo'q deysizmi?
Bilasizmi kim ferrari minadi?
Ferrari sotib olishga puli va xohishi bor odam. Agar puli yetmasa sekin boshqa variantlarni ko'radi.
Sizga ham tavsiyam shu. Xohlasangiz narxiga sotib oling.
Sotib olmasangiz o'sha "luxury class" versiondan hozircha voz kechib, oddiyroq biror narsa ishlatib turing.
P.S. Tepadagi gaplarim ba'zilarga shunchaki yetib bormaydi. Kimdir menga aql o'rgatishni ham boshlashi mumkin.
Shunchaki odam bo'laylik. Ertaga kattaroq loyiha ishlab chiqqan vaqtingiz xuddi shu narsa sizning boshingizga tushmasin.
Vijdonni ham ishlatib turaylik...
Post #25
520
Forwarded from Bobosher Musurmonov
- 😢 1