TGViewer
Channel Public Channel
Engineering Notes

Engineering Notes

@boboshersnotes

Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Subscribers
2.61K
Photos
162
Videos
2
Links
229

Showing posts older than #398 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #395 2.07K
Hozir ko'rdim, leetcode daily challenge bugun ham backtrackingga oid ekan. Kechagi problemga bir-ikkita o'zgarish kiritib submit qilaversak ham bo'ladi.
  • 👍 12
Post #394 2.38K
Leetcodeda bugungi daily challengeni O(n) time, O(k) space complexityda yechdim.
Biladiganlar "fisht" deb yuboringlar, shuni O(1) space complexityda yechish mumkinmi?
  • 😁 13
  • 👍 3
Post #391 1.81K
Ertalabdan (USda deyarli yarim tun) production serverimizda muammo chiqqan. Yarim soat loglar bilan (test qilingan) kodlarni yonma-yon analiz qilib aniqladim-ki, bug biz yozgan kodlarda emas, biz background tasklar uchun ishlatadigan open-source software – Celeryda ekan.

Umuman olganda, bu birinchi marta Celery bilan bog'liq muammoga duch kelishim emas. Mana bu va ishdan tashqari yana bir nechta vaziyatlarda ham Celery pand bergandi. Umuman olganda, ko'p vazifalarni qoyillatib bajarsa-da, ba'zi eng oddiy vazifalarni bajarishda oqsaydi.

P.S. Menimcha Celeryga contribute qilib undagi buglarni fix qilishdan ko'ra yangi soddaroq alternativ yozib chiqish osonroq bo'lsa kerak.

P.S.S. Interviewlarda aybni boshqa birovning bo'yniga ilib qo'ygan vaqting haqida gapirib ber deb so'rashsa aytib beradigan story bo'ldi 😅.

@boboshersnotes
  • 👍 29
  • 😁 8
Post #390 1.85K
Engineering Notes What is the output of the following code?
Mana bu kod error chiqaradi.
Bunga sabab esa Python Method Resolution Order(MRO)ni aniqlash uchun ishlatadigan algorithm – C3 Linearization.

C3 Linearization algorithmining vazifasi biror classning hamma ancestor(ajdod)larini ma'lum qonuniyat asosida chiziqli tartiblash (bu orqali method overriding/overloading hal qilinadi).
Bu algorithm biroz murakkab bo'lsa-da, u monolith xususiyatini saqlab qola oladi. Bundan oldin ishlatilgan "Depth-first, left to right" (Python 2.2 gacha ishlatilgan) algorithmi tuzilishi jihatdan juda sodda bo'lsa-da, u monotonic emas edi (ya'ni multiple inheritance vaqtida order almashib ketishi mumkin edi).

Yuqoridagi misolda algorithm E classning ancestorlarini linearize qilishda dead lockga o'xshash muammoga duch keladi va TypeError chiqaradi.

C3 ning qanday ishlashi haqida esa hali yana gaplashamiz.

Manbaa:
https://www.python.org/download/releases/2.3/mro/

@boboshersnotes
  • 👍 15
Post #389 1.51K
What is the output of the following code?
Post #388 1.49K
What is the output of the following code?
Post #387 1.71K
Engineering Notes Meme explained
Instance methodlar boshqa tillarda qanday implement qilingan?
Biladiganlar commentda qisqacha ma'lumot bersangiz xursand bo'lardim.
Post #386 1.64K
Meme explained
  • 👍 8
Post #385 1.58K
If you know what I mean
  • 😁 10
  • 👍 1
Post #384 1.55K
Asosiy servislarimizdan biri bilan bitta third-party service o'rtasida ma'lumot almashish uchun pollingdan foydalanamiz (nega webhook emas deb so'ramang). O'tgan juma kuni productionga bugi bor featureni release qilish sabab serverdagi ba'zi configurationlar o'zgarib ketibdi. Natijada dam olish kunlari bizning serverimiz ularning serveriga yaxshigina RPS bilan to'xtovsiz request yuboribdi. 2+ kun davomida, to'xtovsiz.

Ularning ham DDoSga qarshi himoyasi yo'q shekilli, blok qilishmabdi. Yaxshi-ki, dam olish kunlari sabab ularning serverida boshqa load kam bo'lgan. Bo'lmasa serveri o'chib qolib boshimiz baloga qolishi mumkin edi 😅.

Behavioural interviewda "Qovun tushirgan vaqtingni gapirib ber" deb so'rab qolishsa aytib beradigan story bo'ldi.

O'rgangan darslarim:
1. Third-party toollar ixtiyoriy vaqtda kutilmagan natija berishi mumkin. Hatto eng ishonchlilari ham.
2. Serverni monitoring qilish uchun ketgan resurslar o'zini oqlaydi.
3. Testlar hech qachon yetarli emas.
4. Juma kuni kechki vaqt deploy qilish yaxshi fikr emas.
  • 👍 24
  • 😁 10
Post #383 1.68K
How to create a good mobile application with Python:

Step 1. Don't do that.

Step 2. Jump to the step 1.
  • 😁 50
  • 👍 1
Post #381 1.67K
OOP dasturlashdagi eng chiroyli paradigm deb hisoblayman.
Lekin afsuski, bu go'zallik hozir ko'plab dasturchilarning ko'zini ko'r qilib qo'ygan.

@boboshersnotes
  • 😢 20
  • 👍 5
  • 😁 2
Post #380 1.68K
Array

RAMda ordered collection saqlashning eng sodda usuli array.
Ko'p hollarda bu collection ustida bajariladigan ma'lum operatsiyalar tezligi boshqalaridan ko'ra muhimroq bo'ladi. Natijada faqatgina ma'lum operatsiyalarga ixtisoslashgan yangi data structurelar ishlab chiqishga ehtiyoj tug'iladi. Dynamic array, stack, queue, heap, va h.k. lar mana shu sabab paydo bo'lgan. Lekin asosida oddiy array yotadi. Masalan:

— Oddiy array razmerini band va bo'sh joylar nisbatiga qarab dinamik tarzda o'zgartirish (aniqrog'i, hamma ma'lumotni boshqa razmerli arrayga ko'chirish) orqali dynamic array hosil bo'ldi. Bu orqali oxiriga element qo'shish va oxirgi elementni o'chirish operatsiyalari O(n) dan amortized O(1) ga tushdi.

— Dynamic arrayning oxirgi elementini o'chirish va oxiriga element qo'shish O(1) bo'lgani uchun undan first-in last-out (oldin kelgan keyin ketadi) tartibini ta'minlaydigan collection – stack sifatida foydalanish mumkin.

— Ikkita stackni bir-biriga teskari qilib ulash va biroz matematikadan foydalanib ulangan joyni nazorat qilish orqali first-in first-out (oldin kelgan oldin ketadi) tartibini amortized O(1) vaqtda ta'minlaydigan collection – queue paydo bo'ldi.

Bu ro'yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin...
Arrays, arrays everywhere ))

@boboshersnotes
  • 👍 7
Post #379 1.73K
One LeetCode a day
Keeps unemployment away.

Credit: @JR_TwitGram
  • 👍 36
  • 🍾 8
Post #377 1.6K
SELECT nextval('year_seq');
  • 👍 35
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →