TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #380 1.68K
Array

RAMda ordered collection saqlashning eng sodda usuli array.
Ko'p hollarda bu collection ustida bajariladigan ma'lum operatsiyalar tezligi boshqalaridan ko'ra muhimroq bo'ladi. Natijada faqatgina ma'lum operatsiyalarga ixtisoslashgan yangi data structurelar ishlab chiqishga ehtiyoj tug'iladi. Dynamic array, stack, queue, heap, va h.k. lar mana shu sabab paydo bo'lgan. Lekin asosida oddiy array yotadi. Masalan:

— Oddiy array razmerini band va bo'sh joylar nisbatiga qarab dinamik tarzda o'zgartirish (aniqrog'i, hamma ma'lumotni boshqa razmerli arrayga ko'chirish) orqali dynamic array hosil bo'ldi. Bu orqali oxiriga element qo'shish va oxirgi elementni o'chirish operatsiyalari O(n) dan amortized O(1) ga tushdi.

— Dynamic arrayning oxirgi elementini o'chirish va oxiriga element qo'shish O(1) bo'lgani uchun undan first-in last-out (oldin kelgan keyin ketadi) tartibini ta'minlaydigan collection – stack sifatida foydalanish mumkin.

— Ikkita stackni bir-biriga teskari qilib ulash va biroz matematikadan foydalanib ulangan joyni nazorat qilish orqali first-in first-out (oldin kelgan oldin ketadi) tartibini amortized O(1) vaqtda ta'minlaydigan collection – queue paydo bo'ldi.

Bu ro'yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin...
Arrays, arrays everywhere ))

@boboshersnotes
  • 👍 7
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →