TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #666 2.76K

Forwarded from Yetim dasturchi kundaligi

O'zbekzabon kommunitylari va soqqakashlik haqida yuz gram

Uzunquloq gaplarga qaraganda It(it deb o'qilsin)-park tomonidan O'zbek kommunitylarni yig'ib koloboratsiya qilishga urinish bo'lgan, qiziq tomoni kommunitylarni linkedinga (suqa, karyera leveli) olib chiqib biznes modelga o'girish hakatini asti qo'yaverasiz.

Nega ming yildirki odam bo'lmaysan ey xalq. Qaysidir katta kompaniyada ishlab kelgan desa rahbarlik darajasiga ko'tarib qo'yaveramizda, oxiri hammayoqga shu rahbar degani chichishni boshlaydi. Hech kim o'ylab ko'rmaydi balkim shu katta kompaniyada oddiy pol yuvuvchi bo'lib ishlab kelgandir?!

Kommunitylarni biznes modelga o'girish bu odamzotning yadro qurolini ixtiro qilishidan farqi bo'lmagan narsa:

1. Bu narsani umuman injineringdan xabari yo'q odam aytishi
2. Xuddi shu injineringdan xabari yo'q odammi o'z gapida tutrug'i yo'qligi (bir qarasa dasturlashni o'rganish deydi, bir qarasa bir necha yil o'tib dasturchi kerakmas)
3. Kommunitylar shu kunchaga biznes modelga aylanmagani sababli biznesni o'zi gullab boryapti (menga kommunitysiz va opensourcesiz rivojlangan ayti biznes modelni ko'rsata olmaysiz)

Kommunity degan joy chisto yong'oqni shaqur-shuquriga qarab rivojlanadi. Undan asosiy maqsad odatda o'rganish va o'rgatish xolos. Shuningdek eng yaxshi bilim almashish modeli (Meni o'zimda xinuxda nimadir so'rab qolishsa bilmasam xotya google qilib ko'raman, demak uyerdagilar meni o'rganishga majburlayapti). Biznesda esa bu tushunchalar ish bermaydi, biznes bu yovvoyi maydon, uyerda yashash uchun kurash bor xolos. Biznes pul olib kelmaydigan har qanday narsani o'limga mahkum etadigan maxluq.

Iltimos Shavkat aka, bir amallab rivojlanayotgan O'zbek kommunitylarni ketizga tiqmang. Siz SEO bo'lib ishlab kelgansiz, injiner emas. Sizdan yaxshi gap sotuvchi chiqadi, lekin muhandis emassiz. Muhandislar ogorotiga aralashmaganingiz maqul, ba'ribir aqlingiz yetmaydi bu tomoniga. Injiner degani sevimli ishini butun umr shunchaki qilishga tayyor odam.

@yetimdasturchi
  • 👍 13
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →