Bahorgi taʼtilda o’quvchilar 10 kun dam oladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etishini ma’lum qildi.
Bunda o‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi.
Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, o’quvchilarga 7 kalendar kun ta’til berilardi. Bu yil istisno tariqasida 10 kunlik ta’til berilibdi.
@u_pulatoff
Post #3766
4.83K
Forwarded from Ulug‘bek Po‘latov
- 👍 25
- ❤ 2
- 🔥 1