TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3764 5.42K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

“Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar ishdan olinadi” — pedagoglarga bosim o‘tkazilmoqda

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza topshirgan pedagoglarga arizalarini qaytarib olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Shuningdek, arizasini qaytarib olmagan yoki malaka toifa test sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilib, ularga turli bosimlar o‘tkazilayotgani aytilmoqda.

Masalan, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan kafolat xati namunalari tayyorlanib, muassasa rahbarlariga yetkazilmoqda.

“Men sizlarga taqdimotda har biringizga tushuntirgandim, KPI borasida, attestatsiya borasida, toifa borasida, o‘zingiz ishongan, bilimiga ishongan, o‘zingiz testdan o‘tkazgan xodimlaringiznigina platformaga kiritinglar, ariza topshirtiringlar, deb.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan demo testda umuman ball to‘play olmagan xodimlar bor, sharmanda. Shularning hozir hammasini birma-bir arizasini kirgizib, platformadan o‘chirtirasizlar", - deyiladi boshqarma xodimi tomonidan yuborilgan audioxabarda.


Tahririyatda yuqoridagi holatlar aks etgan audio va videoyozuvlar mavjud. Mazkur holat qonunchilikka mutlaqo zid hisoblanadi. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat bo‘yicha rasmiy izoh berishi zarur, deb hisoblaymiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1556

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
  • 😱 20
  • ❤ 7
  • 👍 4
  • 🤯 4
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →