Yaponcha ta’lim
Mana bu bolalarning "faolligini" ko‘rib, mas’ullar xursand bo‘lyapti. To‘g‘ri, bir tomondan qaralsa hammasi juda zo‘rdek ko‘rinadi.
Lekin bolalarning gapirish ohangiga e’tibor berib ko‘rdingizmi? Go‘yoki, sun’iy intellekt matnni o‘qib berayotgandek.
Ya’ni, bolalar aslida o‘zi nima deyayotganini tushungani yo‘q. Ular matnni shunchaki yodlab olgan va bir nuqtaga qarab, xuddi robotdek gapirib beryapti. Agar Yaponcha ta'lim shu bo'ladigan bo'lsa, unda kerakmas.
Bizga robotlar emas, o‘zining mustaqil fikriga ega, tanqidiy fikrlay oladigan avlod kerak. Bunday qilib, ta’limning asosiy ustunlarini qulatmaylik azizlar.
Yo‘q, noto‘g‘ri gapiryapsiz deyishdan avval podkastimizning mana bu sonini ko‘rishni maslahat beraman.
@u_pulatoff
Post #3714
2.98K