🛰 Nepaldagi sel: CEMS zarar xaritasi
26-avgust kuni Nepalning shimoli va Tibetda kuchli toshqin sodir bo'ldi.
⛰ Dastlabki baholashlarga ko'ra, baland tog'dagi muzlikning bir qismi qulab, katta muz va tosh ko'chkisini keltirib chiqargan. Bu massa bir necha soniya ichida qariyb 1 200 metr pastga — Lhende daryosi havzasiga tushib, quyi oqimda suv, loy va vayronalardan iborat kuchli oqim hosil qilgan.
🗺 Copernicus favqulodda xizmatining tez xaritalash komponenti (EMSR927) toshqin ko'lamini aniqlash uchun faollashtirildi va to'rtta hudud tahlil qilinmoqda.
🏚 Xaritada Syapru Besi qishlog'i atrofi ko'rsatilgan. CEMS tahliliga ko'ra, shu hudud doirasida 240 dan ortiq bino butunlay vayron bo'lgan, yana 32 tasi shikastlangan.
🖥 Manba: Copernicus EU
📱 Telegram 📱 LinkedIn 📱 Instagram 📱 YouTube
Post #559
629

- 🔥 2