TGViewer
Sardor Bazarbaev Sardor Bazarbaev @bazarbaevs · 4.93K subscribers
Post #10867 16.3K
Katta orzular sari kichik qadamlar! 🌟

Solih — endigina 1-sinfni tamomlagan, ammo xalqaro maydonlarda o‘z bilimini namoyon etishga ulgurgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri.

Solih o‘tgan yil davomida deyarli barcha olimpiadalarimizda muntazam ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridagi g‘alabalar esa uni xalqaro finallar sari yetakladi.

🇦🇺 10–16-aprel | Sidney, Avstraliya
IMEC xalqaro matematika olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈

🇺🇸 26–31-iyul | Nyu-York, AQSh
Akademik jarayonlari nufuzli Columbia universitetida tashkil etilgan COPERNICUS xalqaro olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈

Solihning iqtidori ancha avval e’tirof etilgan. U atigi 6 yoshida bir nechta tilni bilishi bilan tanilib, Kun.uz va boshqa OAVlarda uning iqtidori haqida intervyular e’lon qilingan edi.


Bugun esa Solih hayotidagi yana bir muhim bosqichni boshlamoqda — u Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilindi. 🎓

Bir yil davomida olimpiadalarda muntazam qatnashish, tajriba to‘plash, g‘alabalar va mag‘lubiyatlardan xulosa chiqarish — bularning barchasi katta natijalarga olib boradigan yo‘lning bir qismi.


Solihning hikoyasi bizga yana bir narsani ko‘rsatadi: natija bir kunda kelmaydi. Muhimi — erta boshlash, muntazam harakat qilish va to‘xtamaslik.
  • 👏 10
  • ❤ 9
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 🥰 1
More from @bazarbaevs
  1. Sep 30, 2026Eng nufuzli IMO xalqaro olimpiadasi sovrindori, taniqli matematik, KHISO olimpiada maktabi…
  2. Sep 30, 2026photo post
  3. Sep 30, 2026Post #10881
  4. Sep 29, 2026Post #10880
  5. Sep 28, 2026Ustoz nafaqat bilim, balki ilmga munosabatni ham o‘rgatadi – Shavkat Ayupov Videoning sifa…
  6. Sep 18, 2026O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik! Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpia…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →