Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim.
O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda:
“Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.”
— degan edilar.
Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi.
Ko‘pchilik mendan:
“Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?”
deb so‘raydi.
Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman.
Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!
