TGViewer
Sardor Bazarbaev Sardor Bazarbaev @bazarbaevs · 4.93K subscribers
Post #10809 32.6K
“Matematika hayotda kerakmi? Rostdan ham hayotda qo‘llanilganmi o‘zi?”

Bu savolga javobni kitoblardan emas, balki haqiqiy hayotdan topish mumkin. Tales Matematika Muzeyiga tashrif buyurgan har bir o‘quvchi bu savolga so‘zsiz javob oladi. Chunki u yerda matematika — bu formulalar to‘plami emas, balki hayotning o‘zi ekanini his qilasiz (videoda ayrim eksponatlar aks etgan).


Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar! 22-mart kuni Tales xalqaro matematika olimpiadasining yurtimizdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki olimpiada emas — bu katta imkoniyat eshigidir.

Final bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar:

— Turkiyaning tarixiy va ma’naviy maskanlariga sayohat qilishadi;
— dunyodagi eng noyob matematik maskanlardan biri — Tales muzeyida bo‘lishadi;
— xalqaro darajadagi muhitda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishadi.


Bu yil bunday imkoniyat yana bo‘lishi noma’lum. Shu sababli har bir iqtidorli o‘quvchi bu imkoniyatdan foydalanishi kerak, deb hisoblayman. Mazkur videoda loyiha asoschisi — janob Alpbey sizlarni shaxsan olimpiadaga taklif etmoqda.

⏳Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi. Imkoniyatni boy bermang — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting: ▶️ t.me/khiso/5596
  • 👍 8
  • ❤ 5
  • 🔥 5
More from @bazarbaevs
  1. Sep 30, 2026Eng nufuzli IMO xalqaro olimpiadasi sovrindori, taniqli matematik, KHISO olimpiada maktabi…
  2. Sep 30, 2026photo post
  3. Sep 30, 2026Post #10881
  4. Sep 29, 2026Post #10880
  5. Sep 28, 2026Ustoz nafaqat bilim, balki ilmga munosabatni ham o‘rgatadi – Shavkat Ayupov Videoning sifa…
  6. Sep 18, 2026O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik! Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpia…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →