TGViewer
Channel Public Channel
Apple Developer Academy UZ

Apple Developer Academy UZ

@apple_developer_academy_uz

Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Subscribers
879
Photos
214
Videos
5
Links
100

Showing posts older than #532 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #530 698
❓ "Akademiyada o'qishga boraymi?" deb o'ylayotganlar bo'lsa, akademiyada o'qishning afzalliklari va yomon taraflari to'g'risida o'qishingiz mumkin. Qisqacha aytganda:

Afzalliklari:
1️⃣ Tanish orttirish imkoniyati
2️⃣ Akademiyadagi zo'r atmosfera
3️⃣ Italiya/Yevropa bo'ylab sayohat qilish

Noqulayliklari:
1️⃣ Napoli - Yevropaning eng xavfli shaharlaridan biri (o'g'rilik, giyohvand moddalar, jinoiy guruhlar)
2️⃣ Rivojlanmagan infrastruktura (transport, tozalik)
Post #529 654
Apple Developer Academy UZ 🇮🇹 Apple Developer Academyga 2026/2027 o'quv yili uchun yakuniy natijalar e'lon qilindi https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/call_26_27_devacademy_ranking.pdf
🎉 Qabul qilinganlarni tabriklaymiz! Declaration of the Acceptanceni to'ldirib, yuboring. Aks holda, sizning joyingiz reyting bo'yicha keyingi talabgorlarga beriladi.

Agar qabul qilinmagan bo'lsangiz, sizda hali ham qabul qilinish ehtimoli bor. O'tgan yillarda qo'shimcha 60-80ta talabgorlar qabul qilingan. Ya'ni 221-300 o'rinlarda bo'lsangiz, siz qabul qilinishingiz mumkin. Qo'shimcha qabul qilinganlar to'g'risidagi ma'lumot, quyidagi sahifada e'lon qilib boriladi:
https://www.developeracademy.unina.it/en/enrollment/
Post #527 1.06K
Post #520 967
Apple Developer Academy UZ Testdan o'tish ballari statistikasi: 2022-yil: 27.5/60 2023-yil: 33/60 2024-yil: 42.5/60 2025-yil: 50/60 2026-yil: 60/60
2027: 70/60 😅
Post #519 955
Apple Developer Academy UZ Test natijalari e'lon qilindi: https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/call_26_27_devacademy_admittedtointerview.pdf
Agar bu ro'yxatda sizning Application ID raqamingiz yo'q bo'lsa, afsuski siz suhbatga qabul qilinmadingiz.
Post #517 1.06K
Testdan o'tish ballari statistikasi:

2022-yil: 27.5/60
2023-yil: 33/60
2024-yil: 42.5/60
2025-yil: 50/60
2026-yil: 60/60
Post #514 835
🇮🇹 Akademiyani bitirganlar uchun:
2026-yil may so'rovnomasi yuborildi. To'ldirish esdan chiqmasin.
Post #510 1.56K
E-mail qutingizni tekshirib ko’ring, test uchun havola yuborishdi. Ko’rsatilgan vaqt oraligida, siz testni boshlaganingizdan eng ko’pi bilan 1 soat vaqt beriladi. Ahamiyat bering test vaqti Italiya vaqti bo’yicha ko’rsatilgan. Masalan, 9:00-11:00 ko’rsatilgan bo’lsa, Toshkent vaqti bo’yicha 12:00-14:00 bo’ladi. Agar siz testni 12:30da boshlasangiz, 13:30gacha testni tugatishingiz kerak. Ya’ni 2 soat oralig’ida 1 soat vaqt beriladi. Test boshlanishidan oldin, ro’yxatdan o’tishda yuklangan, shahsni tasdiqlovchi xujjatni rasmga olishingiz talab qilinadi. Testdan oldin kompyuter va browseringiz sozligini, test sayti, mikrofon va kamera ishlashini tekshiring. Test topshirayotganlarga omad tilaymiz!
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →