❓ Qabul qilinganlarda "akademiyaga boraymi yoki yo'qmi" degan savol bo'lishi mumkin. Avvalroq, akademiyada o'qishning afzalliklari to'g'risida yozgan edik. Akademiyada o'qishning yomon taraflari:
1️⃣ Akademiya Italiyaning Neapol shahrida joylashgan va bu shahar Yevropaning eng xavfli shaharlaridan hisoblanadi. Masalan:
a) O'zbekistonlik talaba so'rlariga ko'ra: "Kechqurun ko'chaga chiqmayman, chunki bir kuni oynadan qarab tursam skuterda 1-2tasi kelishdi, va boshqalarga qara o'q ota boshlashdi.."
b) O'zbekistonlik talaba so'zlariga ko'ra: "Portga chipta sotib olishga borganimizda, italyan sherigimga kelib telefonini berishni talab etishdi, telefon akademiyaga tegishli ekanligi va uni tezda bloklashini aytganidan so'ng pulini olishdi".
c) O'zbekistonlik talabaning so'zlariga ko'ra: "Uyga uzoqroq bo'lsa ham bu yo'ldan ketaman chunki bu yo'lda odamlar bor, xavfsizroq".
c) Akademiyadagi italiyalik talaba so'rlariga ko'ra: "Kecha San Giovannida otishma bo'ldiku..." (akademiya San Giovanni a Teduccioda joylashgan)
d) Hindistonlik talaba so'zlariga ko'ra u do'stining uyidan qaytayotganda o'g'rilikdan jabrlangan.
e) Internetdagi postdan: "Ko'chada bizga xujum qilishdi va armatura bilan shikast yetkazishdi".
2️⃣ Neapol boshqa Yevropa shaharlaridek qimmat-u, lekin infrastrukturasi rivojlanmagan shahar. Masalan, TrenItaliadan tashqari transport qatnovi yaxshi emas, vaqt jadvali aniq emas, vaqt oralig'i katta, hohlasa yuradi hohlasa yo'q. Ko'chalarida ahlat to'planib yotadi. Itlarning najaslarini bosib olmaslik uchun oyoq tagiga qarab, bemalol yura olmaysiz. Yashash uchun noqulay shahar: piyodalar yo'li tor, avtomobil haydovchilari yo'l qoidalariga ko'p hollarda amal qilishmaydi, yaqin atrofda park yo'q (biz Rimdagi parklarda bo'lganmizu, Neapolda qayerdaligini ham bilmaymiz) va sohillari toza emas.
3️⃣ Akademiyada hamma sohadan ozginadan o'rgatadi va natijada hech qaysi sohani yaxshi o'rganmaysiz: ozgina Swift, ozgina dizayn, ozgina marketing. Masalan, yetarli darajada iOS dasturchi qilib tayyorlamaydi. Mening nazarimda, faqat beradigan stipendiyasi va qurilmalari uchun keladiganlar talaygina. Mentorlar u qadar kuchli emas, savol so'ralsa, ko'p holatlarda gapni olib qochishadi.
❗️ Yuqorida ko'rsatilganlarni inobatga olib, kelish yoki kelmaslikni qaror qiling.
▶️ Neapol to'g'risidagi videolar:
1. МУСОРНАЯ СТОЛИЦА ЕВРОПЫ
2. Неаполь: худший город Европы? | Мусор, граффити и мигранты
3. Почему Неаполь – это не Италия / Как живут опасные неаполитанские районы
Post #337
2.48K