"Men Apple Developer Academyga xujjat topshira olamanmi?" deb ko'plar so'rashmoqda. Quyidagi talablarga javob bersangiz, siz xujjat topshira olasiz:
1️⃣ maktabning 11-sinfini tugatganlik to'g'risida shahodatnoma yoki akademik litsey/kollej diplomi bo'lishi kerak. Agar o'qishni 2024-yil tugatsangiz va shahodatnoma/diplom olmagan bo'lsangiz, shu yil o'qishni tugatishingiz to'g'risida maktab/litsey/kollejdan ma'lumotnoma olasiz.
2️⃣ 29.09.2025da 18 yoshga to'lgan bo'lishingiz lozim (avvalgi yillarda 18 yoshga to'lmaganlar qabul qilingan va ularda xujjatlarni rasmiylashtirishda muammolar bo'ldi). Yoshning maksimal chegarasi yo'q (masalan, 30 yoshdan oshganlar ham tahsil olishmoqda)
Siz universitetda o'qiganligingiz yoki avval qaysi sohada o'qigansiz/ishlagansiz - buning ahamiyati yo'q. Xujjat topshirishingiz mumkin.
Post #207
4.2K
