Akademiya ishga joylashtirish bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga olmaydi.
Apple Developer Academyda o'qish Apple yoki boshqa kompaniyada ishga qabul qilinadi degani emas. Hamma qatori ishga topshirasiz va loyiq deb topishsa, ishga qabul qilishadi. Italiyada yoki boshqa davlatda ishga kirsangiz, ish uchun yashash ruxsatnomasiga xujjat topshirasiz. E'tibor bering, Yevropada raqobat ancha kuchli va ishga kirish oson bo'lmaydi. iOS Developer bo'lib ishga kirishning ehtimolini oshirish uchun, quyidagilarni maslahat beraman:
1️⃣ akademiyada o'qish vaqtida portfoliongiz uchun loyihalar yig'ing
2️⃣ akademiyadagi o'qishdan tashqari, Swift dasturlash tilini mukammal o'rganing. Chunki ishga kirishda katta ehtimol bilan, texnik suhbat bo'ladi va u yerda Swift bo'yicha savollar bo'ladi.
3️⃣ akademiyada o'qish davomida boshqa talabalar bilan tanishing va ular keyinchalik ishga kirganingizda qo'llab quvvatlashlari mumkin.
4️⃣ 70-80% tayyorligingizni his qilganingizda ishga topshirishni boshlang, chunki bunga ko'p vaqt ketishi mumkin. Ko'pgina kompaniyalar hatto javob ham berishmaydi, bu normal holat. Ko'proq ishlarga yoki internshiplarga topshirishga harakat qiling. Ba'zilari suhbatga chariqishlari mumkin. O'ta olmasangiz xatolaringizni tahlil qilib, ularning ustida ishlang.
Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, ko'p mehnat qilish, xato qilish va o'rganish kerak bo'ladi. Oson bo'ladi deb o'ylamang. Buni kimnidir motivatsiyasini so'ndirish uchun emas, balki vaziyatga to'g'ri baho berish uchun yozdim.
Post #155
3.48K