TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.2K subscribers
Post #49566 2.66K
Davlat organlari va tashkilotlari qaysi maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilishi shart?

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq maʼlumotlar portali hamda o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Bugungi kunda ushbu ro‘yxatdan 43 turdagi maʼlumotlar o‘rin olgan. Masalan:

- mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;

- davlat idoralari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar;

- xarid komissiyasi aʼzolari va davlat xaridlari;

- bo‘sh ish o‘rinlar, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar;

- hududlar kesimida “Haj” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati;

- davlat oliy taʼlim muassasalarining daromadlari, xarajatlari;

- mahalliy byudjetning sarflanishiga oid ko‘rsatkichlar;

- bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi maʼlumotlar va boshqalar.

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘linmalariga ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtiradi va doimiy monitoring qiladi.

Manba

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

———
“Olmaliq KMK” AJ korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari:

📲 Telegram – @agmk_bot;
☎️ Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;
📨 Elektron pochta manzili: stop.corruption@agmk.uz.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Oct 15, 2026https://www.youtube.com/watch?v=-Pp6Vg3SEiQ
  2. Oct 15, 2026https://www.youtube.com/watch?v=SSGDVHKYK1g
  3. Oct 14, 2026https://youtu.be/OSHU84Hz27A
  4. Oct 14, 2026#Anons 📝 Virtual olamning tuzoqlaridan ehtiyot bo’ling! Ko‘rsatuv davomida kiberjinoyat n…
  5. Oct 14, 2026E’tirof 💠O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston sta…
  6. Oct 14, 2026💠 Tog‘-kon sanoatidagi yangiliklar va innovatsiyalar eʼtirof etildi “Zakovat” arenada o‘t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →