TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.2K subscribers
Post #49527 4.96K
Toshkent viloyati sport delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida o'tkazilayotgan sport musobaqalarida ishtirok etmoqda

Toshkent viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o'rtasidagi sport hamkorligi yuzasidan joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov ishtirokida onlayn uchrashuv o'tkazilgan edi. Shu munosabat bilan Boshqirdiston Respublikasida o'tkazilayotgan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun Toshkent viloyati sport delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiyaga Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Bobokulov boshchilik qilmoqda. Tashrif doirasida sportchilarimiz o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etib, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi yo'nalishlarida tajriba almashdilar.

Shuningdek, o'tkazilgan musobaqalarda sportchilarimiz belbog'li kurash va dzyudo bo'yicha Boshqirdiston vakillari ustidan g'alaba qozonib, yunon-rum kurashida durang natija qayd etdilar.

E'tiborlisi, viloyat delegatsiyasi tarkibida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo'limi belbog'li kurashchilari ham bo'lib, ular musobaqalarda samarali natijalarni qayd etishdi.

Xususan, murabbiy Bahodir Sheranov boshchiligidagi vakillarimizdan Gulkumar Jannazarova(76 kg), Sohibjon Boymatov(68 kg), Komronbek Nomozboyev(75 kg) hamda Eldor Jalilov(82 kg)lar kumush medallarga sazovor bo'lishdi. 100 kg vazn toifasida gilamga tushgan Jamshidjon Ortiqov g'olib bo'lib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Muhim jihati, OKMK kurashchilari umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashdi.

Mazkur tashrif ikki hudud sportchilari o'rtasida o'zaro tajriba almashish, sport aloqalarini rivojlantirish va hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

———
Спортсмены АГМК – победители соревнований в Башкортостане
 
В рамках развития спортивного сотрудничества между Ташкентской областью и Республикой Башкортостан 3 августа этого года состоялась онлайн-встреча с участием хокима Ташкентской области Зойира Мирзаева и главы Республики Башкортостан Российской Федерации Радия Хабирова. В продолжение достигнутых договорённостей спортивная делегация Ташкентской области посетила Башкортостан для участия в проводимых здесь спортивных соревнованиях.
 
Делегацию возглавляет начальник Управления спорта Ташкентской области Рустам Бобокулов. В ходе визита спортсмены приняли участие в учебно-тренировочных сборах, а также провели обмен опытом в таких видах спортивной борьбы, как дзюдо, вольная и греко-римская борьба.
 
Кроме того, в рамках состоявшихся соревнований наши спортсмены одержали победы над представителями Башкортостана в кураше (поясной борьбе) и дзюдо, а в соревнованиях по греко-римской борьбе была зафиксирована ничья.
 
Особого внимания заслуживает участие в составе областной делегации спортсменов отдела физической культуры и спорта Совета профсоюза работников АГМК по курашу. Они показали достойные результаты и завоевали призовые места.
 
В частности, представители команды под руководством тренера Баходира Шеранова – Гулькумар Джанназарова (весовая категория до 76 кг), Сохибжон Бойматов (до 68 кг), Комронбек Номозбоев (до 75 кг) и Элдор Джалилов (до 82 кг) – стали серебряными призёрами соревнований. В весовой категории до 100 кг победу одержал Джамшиджон Ортиков, завоевавший золотую медаль.
 
Примечательно, что в общекомандном зачёте спортсмены АГМК заняли первое место.
 
Визит делегации имеет важное значение для обмена опытом между спортсменами двух регионов, развития спортивных связей и дальнейшего укрепления сотрудничества.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Oct 13, 2026Mis boyitish fabrikasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi Mis boyitish fabrikasida…
  2. Oct 13, 2026"Eng yaxshi yosh BelAZ-75131 haydovchisi" 💠Avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati…
  3. Oct 13, 2026Mehnat nizolari va ularni hal etishning huquqiy yondashuvlari Joriy yilning 9-oktyabr kuni…
  4. Oct 13, 2026⚠️ Ehson qilaman deb, firibgarlar tuzog'iga tushmang! 🤲 Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda…
  5. Oct 13, 2026OKMKda Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi Joriy yilning…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →