TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.2K subscribers
Post #49444 5.58K
OKMKning 2050-yilgacha bo'lgan energetika infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

💠OKMK boshqaruv raisi A. Xursanov rahbarligida kombinat obyektlarini, shuningdek, unga tutash va texnologik jihatdan bog'liq bo'lgan infratuzilmani 2050-yilgacha elektr energiyasi bilan ishonchli va barqaror ta'minlash masalalariga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida yangi boyitish fabrikalarining ishlab chiqarish quvvatlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holati, yangi energetika obyektlarini qurish, podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Fabrikaning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari bilan bir qator tizimlar: nasos stansiyalari, suv ta'minoti va oqova suv tizimlari, ma'muriy-maishiy binolar, transport-logistika uzellari hamda yordamchi maydonchalarning energiyaga bo'lgan ehtiyojlari ko'rib chiqildi. Ishtirokchilar kutilayotgan yuklamalar ortishini hisobga olgan holda, elektr tarmoqlarining quvvat zaxirasini shakllantirishga alohida e'tibor qaratdilar.

Kombinatning bosqichma-bosqich kengayishi bilan elektr energiyasi iste'moli hajmi ham ortib borishi qayd etildi. Shu munosabat bilan aniq hisob-kitoblarga asoslangan energetika infratuzilmasini uzoq muddatli rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish zarurligi ta'kidlandi.

«Tukket» podstansiyasiga qo'shimcha ravishda yangi «Iloq» podstansiyasining qurilishi quvvatli energiya uzelini yaratish imkonini berishi, bu esa elektr ta'minotining moslashuvchan sxemasini joriy etishni ta'minlab, uning ishonchliligini sezilarli darajada oshirishi aytib o'tildi.

———

Обсуждены вопросы развития энергетической инфраструктуры АГМК до 2050 года

💠Под руководством председателя правления АО «Алмалыкский ГМК» А. Хурсанова состоялась презентация по вопросам надёжного и стабильного обеспечения электроэнергией объектов комбината до 2050 года, а также прилегающей и технологически связанной с ней инфраструктуры.

В ходе совещания были обсуждены вопросы бесперебойного электроснабжения производственных мощностей новых обогатительных фабрик, технического состояния существующих электрических сетей, строительства новых энергообъектов, модернизации подстанций и высоковольтных линий электропередачи.

Вместе с основными производственными мощностями фабрики были рассмотрены потребности в энергии смежных систем: насосных станций, систем водоснабжения и водоотведения, административно-бытовых зданий, транспортно-логистических узлов и вспомогательных площадок.
Особое внимание участники уделили формированию резерва мощности электрических сетей с учётом перспективного роста нагрузок.

Отмечено, что по мере поэтапного расширения комбината объёмы потребления электроэнергии будут расти. В связи с этим подчеркнута необходимость разработки комплекса мер по долгосрочному развитию энергетической инфраструктуры на основе точных расчётов.

Было отмечено, что в дополнение к подстанции «Туккет» строительство новой подстанции «Илак» позволит создать мощный энергоузел, что обеспечит внедрение гибкой схемы электроснабжения и существенно повысит её надёжность.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Oct 12, 2026#Xalqaro_eʻtirof Sergeyus Glovaskas, Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osi…
  2. Oct 12, 2026OKMKda yirik chiqindi saqlash ombori qurilmoqda ✅Har bir texnikaning harakati ortida inson…
  3. Oct 12, 2026#Ish #Vakant Mis boyitish fabrikasi bo'sh ish o'rni 2026-yilning 12-19-oktyabr kunlari “Ol…
  4. Oct 12, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish…
  5. Oct 12, 2026#eslatma 📢Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi? Internet tarm…
  6. Oct 12, 2026Искусственный интеллект на службе производства ✈️На днях специалисты отдела внедрения и ра…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →