Nizom bilan ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish tartibi, ularning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilandi.
Komplayens nazorat tuzilmalarining maxsus elektron platformasida:
- ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reyestri yuritiladi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotlar kiritiladi;
- anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, natijalari jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash ochiq va shaffof tanlovlar orqali amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari zimmasiga ularning vazifalaridan kelib chiqmaydigan topshiriqlar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organi va tashkiloti birinchi rahbarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari alomatlari aniqlanganda yoki jinoiy guruh faoliyatiga rahnamolik qilayotgani haqida yetarli asoslar mavjud bo‘lganda:
- komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati bilan kelishgan holda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etish;
- kadrlar masalasi va moliyaviy xarajatlar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqini vaqtincha to‘xtatish yoki tegishli rahbarni yoxud xodimni vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatish borasida taklif kiritish vakolatiga ega bo‘ladi.
Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasidadir. Ular qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.
——
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
——
“Olmaliq KMK” AJ korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari:
🌐 Telegram – @agmk_bot;
☎️ Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;
📨 Elektron pochta manzili: stop.corruption@agmk.uz.
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
