TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28K subscribers
Post #49348 5.65K
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish va ularni tekshirish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (505-son, 22.09.2026-y.) bilan “Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqida”gi nizom tasdiqlandi.

🚫 Nizomga ko‘ra, tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanish holatlari tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.

✅ Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda, ish beruvchi quyidagilarga majbur:

🤩jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam ko‘rsatish va zarur bo‘lganda uni tibbiy muassasaga olib borish;

🤩baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan taqdirda, tegishli organlar
va tashkilotlarni, shuningdek, jabrlanuvchining yaqinlarini xabardor qilish va boshqalar.

⏳ Baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak.

📋 Bo‘linma (sex) rahbari:

🤓 jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa tibbiyot muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;

🤓 baxtsiz hodisani maxsus tekshirish komissiyasi tekshirishni boshlashiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan vaqtda qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolishi;

🤓 baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organiga darhol xabar qilishi zarur.

🔘 Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:

🔸 salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irlik darajasidan qat’i nazar, bir vaqtning o‘zida 2 va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;

🔸 oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir baxtsiz hodisalar;

🔸 oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Oct 5, 2026Samarali mehnat — mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa! ✈️“Olmaliq KMK” AJ tomonidan 2026-…
  2. Oct 5, 2026💠 Bugun «O'ZGASHKLITI» Davlat unitar korxonasi hamda OKMK mutaxassislari o'rtasida 4-mis…
  3. Oct 5, 2026💠Bugun loyiha ofisida navbatdagi kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda 3-MBF (Misni…
  4. Oct 5, 2026✈️OKMK 2026-yilning 9 oyida byudjetga 26,1 trln so‘m yo'naltirdi Bugun “Olmaliq KMK” AJ ma…
  5. Oct 5, 2026Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport deleg…
  6. Oct 5, 2026#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi 15-oktabr — muhim sana! 🗓 Jismoniy shaxslar uchun hisoblan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →