❗️ Qimmatli qog‘ozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan Qimmatli qog‘ozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3941, 2026-yil 17-sentabr).
🔰 Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF–254-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar emitentlarining faoliyatini baholovchi reytingni yuritish hamda ushbu reyting asosida tegishli ta’sir choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
📌 Emitentlar reytingi har chorak natijasi bo‘yicha Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan yuritiladi va Korporativ axborot yagona portalida (openinfo.uz) ochiq e’lon qilinadi.
⏳ Reyting natijalari hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning dastlabki 10 kunligida e’lon qilinadi hamda emitentlarga bu haqida shaxsiy kabinet orqali xabar yuboriladi.
📄 Bunda, emitentlar reytingi 7 ta mezon bo‘yicha berilgan ballar yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.
🔘 To‘plangan ballar yig‘indisiga ko‘ra, emitentga quyidagi toifalardan biri beriladi:
🔹 “A” toifa;
🔹 “B” toifa;
🔹 “C” toifa;
🔹 “D” toifa.
🕰 Ushbu toifalarga ko‘ra emitentlarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin hamda ushbu ta’sir choralarini amal qilish muddati 3 oy hisoblanadi.
✅ Nizomning qabul qilinishi emitentlar faoliyatining shaffofligini oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
🔎 Mazkur Nizom rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱X