⚖️ AloqaBankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
📆 13-oktyabr kuni bank bosh ofisi va hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
📌 Unda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, xizmat faoliyatida halollik va xolislikni ta’minlash, shuningdek, noqonuniy qimor o‘yinlari, bukmekerlik faoliyati va noqonuniy platformalar orqali kriptoaktivlar savdosida ishtirok etish xavflari tushuntirildi.
✅ Seminar xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda bank faoliyatida halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashga qaratildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Post #6147
3.04K

- ❤ 2
- 👍 1