TGViewer
AloqaBank AloqaBank @aloqabank · 9.11K subscribers
Post #6116 3.12K
🕵️‍♂️"Sirli mijoz" tekshiruvi: Jizzax viloyatida xizmat ko'rsatish sifati o'rganildi

Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini xolis baholash va korrupsiyaning oldini olish maqsadida, AloqaBank tizimida "Sirli mijoz" tadbirlari faol davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o'rganishlar Jizzax viloyatidagi bank xizmatlari ko‘rsatish nuqtalarida amalga oshirildi. Tadbir doirasida viloyatdagi jami 7 ta xizmat ko‘rsatish nuqtasi qamrab olinib, 7 marta maxsus tashrif uyushtirildi.

Tadbir davomida quyidagi muhim jihatlar tahlil qilindi:
🔹 Xodimlarning mijozlarga xizmat ko'rsatish standartlariga rioya etishi hamda mahsulotlar bo'yicha professional maslahat berish jarayoni;
🔹 Mijozlar bilan munosabatlarda ochiqlik va xolislikning ta'minlanishi;
🔹 Xizmat vazifalarini bajarishda shaxsiy manfaatdorlikka yo'l qo'ymaslik, odob-axloq qoidalariga amal qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish.

"Sirli mijoz" usuli ehtimoliy kamchiliklar va korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish imkonini beradi. Bizning maqsadimiz - xizmatlar sifatini muntazam oshirib borish va mijozlarimizning bankka bo'lgan ishonchini yanada yuksaltirishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @aloqabank
  1. Oct 7, 2026Valyutalar kursi / Курсы валют 07.10.2026 🕛 09:00 Telegram | Facebook | Instagram | Sayt…
  2. Oct 6, 2026💼 Ofisga bog‘lanib qolish vaqti o‘tdi! To‘lovlarni amalga oshirish va hisob-kitoblarni yu…
  3. Oct 6, 2026Valyutalar kursi / Курсы валют 06.10.2026 🕛 09:00 Telegram | Facebook | Instagram | Sayt…
  4. Oct 5, 2026Valyutalar kursi / Курсы валют 05.10.2026 🕛 09:00 Telegram | Facebook | Instagram | Sayt…
  5. Oct 2, 2026“Taqdimot O‘zbekiston” loyihasining 2-mavsumi birinchi mavsumdan nimasi bilan farq qiladi?…
  6. Oct 2, 2026Qarshi shahridagi “Gungon” MFY hududida joylashgan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →