TGViewer
Aileaders.uz Aileaders.uz @aileaders_uz · 140K subscribers
Post #305 543K
🖐 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi "Milliy tanlov" g'oliblari tantanali taqdirlanib, “Eng faol maktab” yoʻnalishidagi gʻolib 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshirildi

🧠 Bugun poytaxtimizda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasida e'lon qilingan "Milliy tanlov" g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

⭐️ Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir yoshlarni mamlakatimizning asosiy boyligi sifatida e'tirof etgan Prezidentimiz tashabbuslari haqida gapirar ekan, qisqa vaqt ichida O'zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida erishilgan ulkan o'zgarishlarni qayd etdi.

🌐 Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zozxon Karimova va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishtirok etdi.

🌐 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini oshirish va global raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

“Eng faol maktab” yoʻnalishida ham gʻoliblar aniqlanib, “Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan, Xorazm viloyati Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 13-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktablariga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshirildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/160753

▶️ Taqdirlash marosimini YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/CHBiy0awSTs?si=EoFChOHEUcLSQirX

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 318
  • 👍 73
  • 🕊 20
  • ⚡ 18
  • 🏆 16
  • 🤩 14
  • 🫡 13
  • 🆒 12
  • 🌚 11
  • 😁 8
  • 💊 5
More from @aileaders_uz
  1. Sep 30, 2026“Xavfsiz raqamli ish muhiti” kursida bepul tahsil oling! 🌟Aileaders.uz platformasi orqali…
  2. Sep 23, 2026🟦🟦 Sun’iy intellektning ta’lim va bandlikka tahdidlari forumi boshlanmoqda ⚡️ICTWEEK-202…
  3. Sep 19, 2026Sun’iy intellektning ta’lim va bandlikka tahdidlari forumiga tashrif buyuring hamda sovgʻa…
  4. Sep 14, 2026ICTWEEK 2026 doirasidagi Sun’iy intellektning ta’lim va bandlikka tahdidi forumiga taklif…
  5. Sep 3, 2026Tasvir va matnni tushunadigan sun’iy intellekt modellaridan samarali foydalanishni o‘rgani…
  6. Aug 30, 2026ChatGPT yordamida o‘z AI ilovangizni yarating! ✅Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham oz furs…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →