TGViewer
Channel Public Channel
ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

@aifu_university

👉 Bakalavriat : bit.ly/4lu9zVD
👉 Magistratura : https://bit.ly/3Ublxat

Hujjat topshirish uchun:
🌐 Veb-sayt: qabul.aifu.uz
👨‍💻 Telegram: @aifu_qabul_bot
☎️ Axborot markazi: 785552121 | @aifu_admin

📍Manzil: https://yandex.com/maps/-/CDwkJPLU
Subscribers
23.8K
Photos
4.5K
Videos
763
Links
2.4K
Recent Posts 8 shown
Post #6002 404
AIFU Pitch Day 3.0 - возможность привлечь до $100 000 инвестиций для вашего стартапа

Университет точных и социальных наук начал приём заявок на республиканский конкурс стартапов - AIFU Pitch Day 3.0.

Здесь вы сможете представить свой проект инвесторам, экспертам в области AI и представителям крупных компаний.
Партнёры: Alibaba, IT Park, INNO Technopark, TOP CEO, Harbin Engineering University, KTÜ, Balıkesir Üniversitesi и творческое объединение "Raqamli sanʼat".

Кто может участвовать?
Основатели стартапов, разработчики, дизайнеры и молодые специалисты в области AI в возрасте от 16 до 40 лет. Принимаются как проекты на стадии идеи, так и уже работающие продукты.

💡 Возможности для участников:
• возможность привлечь до $100 000 инвестиций;
призовой фонд — 15 000 000 сумов: 1-е, 2-е, 3-е места и специальные номинации;
• прямой networking с инвесторами, AI-экспертами и предпринимателями;
гранты до 100% на обучение в AIFU;
• сертификат каждому участнику.


📅 Важные даты:
до 11 октября - регистрация и онлайн-отбор
18 октября - финал, AIFU, Ташкент

⚡️ Если у вашего продукта уже есть пользователи, выручка или другие практические результаты, обязательно укажите это в заявке - для инвесторов это важный сигнал.

🎥 Кадры с предыдущего Pitch Day: ссылка (1), ссылка (2)

👉 Подать заявку: https://pitch-day.uz/
☎️ Информационный центр: 785552121

Telegram | pitch-day.uz
  • ❤ 3
Post #6001 1.5K
⭕️ Rasman: AIFU bakalavriatiga qabul 25-sentabr kuni yakunlanadi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirishning so‘nggi kuni - 25-sentyabr.

Qabul Toshkent (Qorasaroy) va Chirchiq o'quv binolarida 22 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha davom etmoqda.
Qabul va grant imkoniyatlari:

- DTM yoki universitetning ichki kirish imtihonlarida 70 va undan yuqori ball — o‘qishga qabul qilinish imkoniyati
- 100 balldan - barcha yo‘nalishlarda universitet granti
- 180 balldan - barcha yo‘nalishlarda 100% grant
- Qo‘shimcha grant imkoniyatlari va ularning shartlari bilan bu yerda tanishing


👉 Hujjatlarni qabul.aifu.uz yoki @aifu_qabul_bot orqali onlayn, shuningdek universitetning Toshkent va Chirchiqdagi qabul bo‘limlarida topshirishingiz mumkin.

AIFUda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, hujjat topshirishni oxirgi kunga qoldirmang.

Bu yangi bosqichning boshlanishi. AIFUni tanlagan abituriyentlarni oldinda ajoyib talabalik hayoti, yangi bilimlar va xalqaro imkoniyatlar kutmoqda.

➖➖➖➖➖

⭕️ Официально: приём в бакалавриат AIFU завершается 25 сентября

Университет точных и социальных наук сообщает, что 25 сентября - последний день подачи документов на направления бакалавриата на 2026–2027 учебный год.

Приём продолжается по 22 направлениям бакалавриата в кампусах в Ташкенте (Корасарой) и Чирчике.
Условия поступления и грантовые возможности:

- 70 баллов и выше по результатам DTM или внутреннего вступительного экзамена университета — возможность поступления
- от 100 баллов - университетский грант на всех направлениях
- от 180 баллов - 100% грант на всех направлениях
- С дополнительными грантовыми возможностями и их условиями можно ознакомиться здесь

👉 Подать документы можно онлайн через qabul.aifu.uz или @aifu_qabul_bot, а также в приёмных комиссиях AIFU в Ташкенте и Чирчике.

Если вы планируете поступать в AIFU, не откладывайте подачу документов на последний день.

Завершение приёмной кампании — это начало нового этапа. Абитуриентов, выбравших AIFU, впереди ждут яркая студенческая жизнь, новые знания и международные возможности.

☎️ 785552121 • @AIFU_admin

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 11
  • 🔥 1
Post #6000 1.97K
AIFUda imo-ishora tili bo‘yicha master-klass

➡️ 23-sentyabr – Xalqaro imo-ishora tillari kuni munosabati bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida professional imo-ishora tili tarjimoni, ustoz va ekspert E'zoza Ahmedova ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar:

- imo-ishora tili va uning o‘ziga xos jihatlari;
- professional imo-ishora tili tarjimonining faoliyati haqida batafsil ma’lumot oladi.

📅 29-sentabr, 14:00 | AIFU Qorasaroy o'quv binosi, 310-xona

Master-klass soha mutaxassislari va mavzuga qiziqqan barcha uchun ochiq. Barchangizni kutib qolamiz!

Kelgusida ushbu yo‘nalish bo‘yicha maxsus darslar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

☎️ 785552121 • @AIFU_admin

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 13
  • 👍 5
  • ❤‍🔥 4
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • 🎉 1
  • 🕊 1
Post #5990 2.06K
🇺🇿🇮🇩 AIFU va Universitas Djuanda o‘rtasida akademik hamkorlik memorandumi imzolandi

🗣 2026-yil 23-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Indoneziyaning Bogor shahridagi Universitas Djuanda o‘rtasida akademik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatni AIFU rektori professor G‘olibjon Botirov hamda Universitas Djuanda rektori prof. dr. Hj. R. Siti Pupu Fauziah imzoladilar.

✅ Memorandum doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma konferensiya va ilmiy tadqiqotlar, qisqa muddatli ta’lim dasturlari, internship hamda Dual/Joint Degree loyihalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Talabalar uchun eng muhim imkoniyatlardan biri - bir semestrlik akademik mobillik dasturi. Kelishuvga ko‘ra, 20–30 nafargacha talaba hamkor universitetda bir semestr tahsil olib, akademik va madaniy tajriba almashishi mumkin bo‘ladi. Universitas Djuanda talabalari ham AIFUda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Ushbu hamkorlik AIFUning Janubi-Sharqiy Osiyodagi akademik aloqalarini kengaytirish va talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini ko‘paytirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

🔖 Akademik mobillik dasturining shartlari va ariza topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot tez orada e’lon qilinadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 12
  • 👍 8
  • ❤‍🔥 4
  • 🤩 1
Post #5989 3.1K
AIFU bitiruvchilari respublika reytingida yuqori natijalarni qayd etdi

✅ Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan Bitiruvchilar sifati indeksida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti yuqori o‘rinlarni egalladi.

Reyting bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganligi, daromadi va mehnat bozoridagi natijalari kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilgan.

⚡️ Natijalarga ko‘ra, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti:
- respublikadagi barcha oliygohlar orasida 11-o‘rin
- nodavlat oliygohlar orasida 3-o‘rin
- Toshkent viloyatidagi oliygohlar orasida 1-o‘rin
- ijtimoiy fanlar yo‘nalishida 5-o‘rin
- bitiruvchilarning o‘rtacha ish haqi bo‘yicha nodavlat oliygohlar orasida 2-o‘rin

🗣 Bu ko‘rsatkichlar, avvalo, AIFU bitiruvchilarining mehnat bozoridagi o‘rni va kasbiy faoliyatidagi natijalarini aks ettiradi. Zero, universitet ta’limining amaliy qiymati bitiruvchining diplomdan keyingi faoliyati, o‘z sohasida rivojlanishi va erishayotgan natijalarida namoyon bo‘ladi.

🎥 Videoda Bitiruvchilar sifati indeksi va AIFUning undagi natijalari haqida batafsil.

📥 Qabul – 2026/2027
☎️ 785552121

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 19
  • ❤‍🔥 10
  • 👍 8
  • 🔥 4
Post #5988 2.52K
AIFU - bir so‘zga sig‘maydigan energiya 🔥

Talabalarimiz universitetimizni bir so'z bilan qanday ifodalashadi, yuqorida ko'rishingiz mumkin.

Endi navbat sizda, sizningcha bir so'z bilan aytganda AIFU... 💙

👇 Izohlarda yozib qoldiring

#AIFU #StudentVibes #AIFUFamily

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 34
  • ⚡ 8
  • ❤‍🔥 7
  • 👍 4
Post #5987 2.38K
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i bilan tanishing - Erkin Abdusattarov

🗣 Navbatdagi tanishuv - AIFU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Erkinboy Abdujabbor o‘g‘li Abdusattarov.

➡️ Erkin Abdusattarov oliy ta’lim tizimida ta’lim sifati, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqaruv yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelgan. U bir necha yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan.

2024-yildan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida faoliyat boshlagan. AIFUda O‘quv bo‘limi uslubchisi, keyinchalik O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari - Sirtqi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Ayni paytda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha prorektor vazifasini bajarib kelmoqda.

🔖 U Namangan davlat universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalistika yo‘nalishida tahsil olgan. Keyinchalik O‘zbekiston Milliy universitetida menejment ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturani tamomlagan.

Erkin Abdusattarov oliy ta’limni strategik boshqarish yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ushbu mavzuda uning 20 dan ortiq ilmiy maqolasi mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan.

AIFU rahbariyati bilan tanishuvni davom ettiramiz.

📥 Qabul – 2026/2027
☎️ 785552121 | @aifu_admin

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 17
  • ❤‍🔥 7
  • 🐳 4
  • 🔥 1
Post #5977 2.74K
🇺🇿🇹🇷 AIFU va Bursa Teknik Üniversitesi o‘rtasida akademik hamkorlik kengaymoqda

🎒 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Bursa Teknik Üniversitesi rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarga Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Ta’lim mushoviri Ebubekir Aydın hamrohlik qildi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy loyihalar bilan rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan:
- professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
- qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro grantlarda ishtirok etish;
- PhD tadqiqotchilariga qo‘shma ilmiy rahbarlikni tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.


🗣 Tomonlar hamkorlikning asosiy natijasi talabalar va olimlar uchun real akademik imkoniyatlar yaratishda namoyon bo‘lishi kerakligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida Bursa Teknik Üniversitesi rahbariyati AIFU delegatsiyasini joriy yil oktabr oyida Bursa shahriga taklif qildi. Navbatdagi uchrashuvda bugungi kelishuvlarni aniq loyihalar va hamkorlik dasturlariga aylantirish ko‘zda tutilgan.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti xalqaro hamkorlikni talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini amalda kengaytirish yo‘lida davom ettiradi.

📥 Qabul – 2026/2027
☎️ 785552121 | @aifu_admin

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
  • ❤ 11
  • 🔥 3
  • 🎉 3
  • ❤‍🔥 1
  • 🆒 1
Older posts →

About this channel

How can I read @aifu_university without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI have?
ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI (@aifu_university) has 23.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →