TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57380 1.4K
ADPI VAKILLARI BELARUSDA: ASTRONOMIYA MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHUV

Andijon davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar doirasida institut vakillari akademik mobillik dasturi asosida Belarus Respublikasida bo‘lib, ta’lim va ilm-fan sohasidagi tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Tashrif davomida Andijon davlat pedagogika instituti vakillari P. M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universitetining Astronomiya markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Markazda mavjud zamonaviy astronomik qurilmalar, ularning ishlash tamoyillari hamda osmon jismlarini kuzatish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yulduzlar va boshqa osmon jismlarini maxsus astronomik uskunalar yordamida kuzatish jarayonlari tushuntirildi. Ushbu tanishuv astronomiya fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish hamda talabalarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida tajriba almashish imkonini berdi.

Bunday akademik tashriflar xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, pedagogik va ilmiy faoliyatni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Andijon davlat pedagogika instituti vakillarining Belarus Respublikasidagi akademik mobillik dasturi doirasidagi faoliyati ta’lim va ilm-fan sohasida o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
  • ❤ 3
More from @adpiuz
  1. Oct 16, 2026Андижон вилояти делегацияси Витебск давлат университетида бўлди Айни кунларда Андижон вило…
  2. Oct 16, 2026🎓 ADPI KARYERA — kelajagingiz sari muhim qadam! 📢 Andijon davlat pedagogika instituti ta…
  3. Oct 16, 2026💬Кульминацией визита стала встреча со студентами из Узбекистана, которые сегодня получают…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →