🟩🟩🟩🟩
INSTITUTDA “ZAKOVAT QUIZ” INTELLEKTUAL O‘YININING 3-TURI BO‘LIB O‘TDI
Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida intellektual muhitni rivojlantirish, mantiqiy va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinining 3-turi bo‘lib o‘tdi.
Intellektual bellashuvda institutning kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilardan tarkib topgan 25 ta jamoa ishtirok etdi.
Bellashuv davomida jamoalar turli yo‘nalishlarga oid savollar asosida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar savollarga javob topishda mantiqiy mushohada, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlikka tayanib, har bir bosqichda o‘zaro raqobat olib bordilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar nafaqat bilimlarini, balki birgalikda fikrlash, to‘g‘ri qaror qabul qilish va vaziyatni tez tahlil qilish qobiliyatlarini ham sinovdan o‘tkazdilar.
“Zakovat Quiz” intellektual o‘yini institutda bilim va tafakkurga asoslangan sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Post #57257
1.19K










- 🔥 6
- ❤ 3