🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” nomli respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan iborat terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
Ko‘rik-tanlov to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
Institut bosqichi;
Hududiy bosqich;
Yarim final bosqichi;
Respublika final bosqichi.
Ishtirokchilar quyidagi uchta shart asosida bellashadilar:
“Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”;
“Kompozitsion musiqiy chiqishlar”;
“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri”.
Respublika bosqichida g‘olib bo'lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin – 50 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 30 million so‘m;
🥉 3-o‘rin – 20 million so‘m.
Tanlovning birinchi institut bosqichi 27-oktyabr kuni soat 10:00da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etishni istagan talabalar Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
📎 Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Post #57112
1.58K

- ❤ 3
- 👍 1